Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



2-dars - HTML sahifaga tasvir joylashtirish

HTML sahifaga tasvir joylashtirish

Internet bilan ishlovchi dasturlar tasvirlarni (grafik elementlar) ochish imkoniga ega bo'lishi bilan internetda mavjud sahifalarning deyarli barchasi tasvirli axborotarni nashir eta boshladi. Siz yaratgan web sahifa qiziqarli va chiroyli dizayn asosiga qurilgan bo'lsa uning o'quvvhilar soni shubhasiz ortadi. Tarvirlar yordamida harakatlanuvchi tugmalar va Gif animatziyalarni kiritish mumkin. Biroq tasvirlar bilan ishlashda ularni hajmi va formatiga e’tibor berish kerak. Hozirgi paytda internetga joylashtirilayotgan deyarli barcha sahifalarda ishlatilayotgan tasvirlar formati *.JPEG yoki *. GIF ni tashkil etadi. Bunga asosiy sabab, bu formatdagi tasvirlar hajmi juda ham oz. Bu formatdagi tasvirlar ishlatilganda Web sahifa hajmi ortib ketmaydi va sizning web sahifangizdan foydalanuvchi sahifani ochilishini uzoq vaqt kutmaydi.
Agar siz boshqa formatdagi tasvirlardan web sahifani bezashda foydalansangiz uning hajmi ortib ketadi va undan foydalanuvcxilarga sahifani ochishda muammolar keltirib chiqaradi. Web safini bezatishda uning dizayiniga *.GIF formatdagi tasvirlardan foydalaning boshqa tasvirlar uchun *.JPEG dan foydalanishingiz mumkin.

<IMG SRC="image.gif" WIDTH=60 HEIGHT=70 BORDER=0 ALT="IMAGE" ALIGN=left>
HTML hujjatning qaysi joyiga <IMG> tegini joylashtirsangiz, o’sha joyda siz ko'rib turgandek tasvir hosil bo'lad. Yuqorida yozilgan <IMG> tegiga e’tibor bersangiz, uni yopuvchi tegi yo'qligini sezasiz. Bu tegni yopish shart emas. Faqatgina uni ishlatishda talab qilinadigan shartlardan biri SRC. U siz tasvir sahifada ochilmaydi. Quyida <IMG> tegi o'lchamlari tasnifini keltiramiz.
SRC
Bu o'lcham ortida tasvir nomi va joylashgan joyga yo'l ko'rsatiladi. Uning yordamida brouser tasvirni qidiradi va ochishga harakat qiladi. Standart holda web sahifada ishlatilgan tasvirlar IMAGE papkasiga joylashtiriladi. Web sihifani o’z kompuyteringizda yaratayotgan paytda tasvirga bo'lgan yo'lni quyidagi tartibda berasiz: C/Web sahifa/Images/photo_01.gif bunda '/' belgisi papkalar nomlarini bir-biridan ajratish uchun ishlatiladi. Agar siz qo'ymoqchi bo'lgan fayl HTML fayllar joylashgan papkada bo'lsa, u holda tasvir joylashgan papkaga yo'lni mana bunday ifodalash mumkin: Images/photo_01.gif. Web sahifa internetga joylashtirilgan taqdirda tasvir joylashgan papkaga yo'l quyidagi tarzda ifodalanadi:
http://www.web sihifa nomi/Images/ photo_01.gif
WIDTH
Tasvir eni o'lchamlarini pikselda belgilaydi. Agar orginal tasvir eni siz qo'ymoqchi bo'lgan joyga kattalik qilsa, siz uni bu teg yordamida uning enini qisqartirishingiz mumkin. Eng yaxshi variant, tasvirni tasvir tahrirlagich dasturi yordamida oldindan kerakli hajimlarini belgilab olishdir. Siz tasvirlarni web sahifaga joylashtirayotgan paytda har doim tasvir tahrirlagich dasturnii aktivlash- tirib qo'ying va o’lchamlar to'g'ri kelmagan taqdirda uni tasvir bilan ishlovchi dastur yordamida qayta ishlang.
HEIGHT
Tasvir bo'yi o'lchamlarini kiritish uchun hizmat qiladi. Agar siz tasvirning real o'lchamlarini o'zgartirmoqchi bo'lsangiz unda: tasvir eni uchun WIDTH va tasvir bo'yi uchun HEIGHT teglaridan foydalanishingiz mumkin. Tasvir o'lchami 1 dan boshlab cheksiz sanoq sonlarni kiritishingiz mumkin.
BORDER
Sahifaga kiritilgan tasvir atrofida chiziqli ramka hosil qiladi. Ramka qalinligin piksellar yordamida o'zgartiriladi. Ramka qalinligini sonlar bilan 1 dan cheksiz. Sahifada tasvir kiritigan maydondagi matn qaysi rangda bo'lsa, tasvir ramkasi ham o'sha rangda bo'ladi.
ALT
Agar brouser yoki sahifani ochuvchi dastur tasvirlarni ochish imkoniga ega bo'lmagan taqdirda ushbu o'lchamdan so'ng kiritilgan matn aynan shu joyda tasvir borligidan habar beradi. Brauser tasvirlarni ko'rsatish imkoniga ega bo'lsa, tasvir ustiga kursor olib kelinganda ALT o'lchamidan so'ng qanday so'z kiritilgan bo'lsa shu so'z yoki jumla kursor ostida hozil bo'ladi. Bu o'lcham ostida tasvir bilan bo'g'liq bo'lgan turli qo'shimcha ma'lumotlar kiritish mumkin. Agar brauser tasvirni umuman ko'rsatmagan taqdirda, tasvir hosil bo'lishi lozim bo'lgan maydonda ALT o'lchamidan so'ng kiritilgan ma'lumot ekranda hosil bo'ladi.
ALIGN
Bu o'lcham grafik elemet sahifadagi boshqa elementlarga nisbatan joylashtirish o'rnini tekislash uchun ishlatiladi. Yuqorida keltirilgan tasvir jadval va matnga nisbatan ALIGN teng left. Bu tasvirni sahifaning chap burchagida jadval va matnga nisbatan joylashtirilsin komandasini anglatadi. ALIGN o'lchamining ishlatilishi mumkin bo'lgan qo'shimcha komandalari:
IMG tegini qo'llash qoidalari
<IMG> tegi bilan bo'g'liq bo’lgan, quyida keltirilgan asosiy qoidalar bilan tanishib chiqing va o’z sahifangizni yaratishda ushbu qoidalarga doim rioya qilishga harakat qiling.
• Tasvir nomi va joylashgan o’rnini yozganda harflarning bir xilda bo’lishini taminlash katta ahamiyatga ega.
Tasvir joylashgan joy nomi va tasvirning nomini kiritganda harflarni bir xilda yozilishi shart. Biror bir harfni tushrib qoldirish yoki xato yozilishi tasvirni ochishda xatoliklarni keltirib chiqaradi.
• Tasvir yoki papka nomini kiritganda probel ishlatmang.
Web safifani yaratayotganingizda fayllar yoki papkalar nomini kiritganda probel (bo'shliq) ishlatmang. Agar siz kiritgan nom ikki yoki bir necha so'zlardan iborat bo'lsa, probel ornida _ (pastdan chiziqsha) ishlatishingiz mumkin. Masalan: .../Chet_elga_sayohat/Germaniya/Baden_baden_01.jpeg

• Internetda ishlatiluvchi tasvir formatlari.
Hozirgi paytda Internetda ikki xil formatdagi tasvirlar keng qollanilib kelinmoqda. Bu formatlar: GIF (bu formatdagi tasvirlar *.gif qisqartmasiga ega) hamda JPEG (bu formatdagi tasvirlar esa *. jpg yoki * .jpeg qisqartmasiga ega). Siz ham ushbu formatdagi tasvirlardan foydalaning. Boshqa formatdagi tasvirlarni aksariyat brauserlar ocha olmaydi.
• Har doim WIDTH va HEIGHT o'lchamlarini kiritishga harakat qiling.
Bu sizning web sahifangizni ochilishini tezlashtiradi va tasvirlarni asl o’lchamda bo'lishini ta'minlaydi.
• Tasvir hajmini suniy kichraytirish.
WIDTH va HEIGHT orqali tasvirning real o'lchamini kichraytirish mumkin. Ammo bu usuldan iloji boricha kamroq foydalangan maqul. Eng yaxshi usul tasvirni real o'lchamini tasvir tahrirlagich dastur yordamida kichraytirish. Bu usul tasvirning ochilish vaqtini kamaytiradi.
• Tasvir hajmini suniy kattalashtirish.
Tasvir o’lchami kattalashtirilganda yoki kichraytirilganda uning sifatida o'zgarish sodir bo'ladi. Agar siz o’lchamlarni o'zgartirganda bir xillikka e’tibor bermasangiz, tasvir sifatini buzilishiga olib keladi. WIDTH va HEIGHT o’lchamlari orqali tasvir hajmini kattalashtirganda, real o'lchamni 2 matra, 3 marta va shu tariqa oshishiga erishish kerak. Masalan tasvirning real o’lchami WIDTH = 100, HEIGTH 200 ga teng bo'lsa, uni ikki marta kattalashtirganda WIDTH=200, HEIGTH= 400 ga teng bo'lishi shart. Bu usul tasvir sifatidagi salbiy o'zgarishlarni bir oz yumshatadi. Shuningdek, ayni holatni tasvir o'lchamini kichraytirishda ham qo'llash maqsadga muvoffiq.
• Har doim ALT o'lchamini qo'llang.
Har doim ALT dan so'ng tasvirga aloqador qo'shimcha axborotni kiritishga harakat qiling. Bunnig asosiy sababi, siz joylashtirgan tasvir ochilmangan taqdirda, Internetdan foydalanuvchi siz kiritgan tasvir izohini o'qiydi va minimum axborotga ega bo'ladi.

Share