Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Tarmoqlar va modemlar haqida

 Tarmoqlar  va Modemlar haqida Bo’lim tarmoqlari – bir korxona bo’limida ishlovchi hodimning nisbatan katta bo’lmagan guruhi foydalanuvchi tarmoqlaridir.

 

 Bu hodimlar ba’zi umumiy masalalarni yechadi, masalan, buxgalteriya hisobini olib boradi yoki marketing bilan shug’illanadi. Bo’limdagi hodimlar soni 100 – 150 nafargacha bo’ladi, deb hisoblanadi.

Bo’lim tarmog’ining asosiy maqsadi ilovalar, ma’lumotlar lazer printerlari va modemlar kabi local resurslarni taqsimlashdir.

Odatda, bo’lim tarmoqlari bir yoki ikkita faylli serverga va o’ttizdan oshmagan foydalanuvchilarga ega. Bo’lim tarmoqlari, odatda qism tarmoqlariga ajralmaydi. Bu tarmoqda korxona trafigining katta qismi yig’ilgan bo’ladi. Bo’lim tarmoqlari, Ethernet, Token, Ring tarmoq texnalogiyalarning biri asosida yaratiladi. Bunday tarmoq uchun bir yoki ko’pida ikki xil operatsion sistemalar xarakterlidir. Ko’pincha bu tarmoqda server ishlatilgan, masalan, Net Ware, ammo foydalanuvchilarning ko’p bo’lganligi bir rangli operatsion sistemani, masalan Windows 95 ni ishlatish imkonini beradi.

 Tarmoqlarda mini ATS lardan foydalanish

Firmaning har bir ishchisi shahar telefoni bilan ta’minlash qimmat turadigan va no qomoqbul ishdir. Bir bino ichida o’tilgan hodimlarning bir-biri bilan shaxar telefoni bo’yicha uzoq tadbirkorlik so’zlashuvlarini olib borishi, ayniqsa telefon so’zlashuvlarini vaqtboy to’lovi sharoitida, maqsadga muvofiq usullarida usullaridan biri firmada muassasa ichida foydalaniladigan ATS dan (mikro-, ofis ATS) foydalanishdir.

 Muassasa ichidagi telefon tizimlarida shaxsiy telefon stansiyalari yoki kommutatorlardan foydalaniladi va bu tizimlar quyidagilarga bo’linadi:

·      muassasa ATS i, bu firmaning hamma bilimlari ichki aloqasini, tashqi shaxar telefon tarmog’iga murojaat qilmasdan ta’nminlaydi;

·      dispetcherlik telefon aloqasi, bu korxonaning ishlab chiqarish jarayoning borishi bilan bevosita bog’langan bo’limlari orasidagi tezkor ishlab chiqarish aloqasining muhim turidir;

·      texnologik telefon aloqasi, bu lokal texnolagik ishlab chiqarish jarayonini boshqaruvchi hodimlarni birlashtiradi;

·      direktorlik telefon aloqasi, bu raxbarlarni o’zining ishchi va xodimlari bilan xizmat bo’yicha aloqasini ta’minlaydi.

Muassasa ichidagi ATS yoki boshqachasiga-ofisdagi ATS, firmalar biror miqdordagi qo’shimcha ichki telefonlarini tashkil etish uchun ishlatiladi:; hamma tashqi chaqiruvchilar ATS tomonidan qabul qilinadiva ichki telefonlarga bevosita yoki qo’shimcha nomerlar bilan o’tkaziladi. Abanentning tashqi liniyaga chiqishi, odatda, to’g’ridan-to’g’ri terish yo’li bilan ta’minlanadi.

Zamonaviy ofis ATS larining asosiy afzalligi ularning aftamatik ishlashi va ichki telefon aloqasidan amalda bepul foydalanishdir:

Asosiy vazifalari: abanentlarini kommutasiyalash va yuqorida aytib o’tilgan telefon aparatlarining servis imkoniyatlariga ham egadir:

· telefondagi konferensiyalarni tashkil qilish imkniyati (ko’plab abanentlarning bir biri bilan bir vaqtning o’zida ulanishi);

· kanal band bo’lganda abanentni kutishga qo’yish;

· liniyani band qilayotgan abanent to’g’risida ma’lumotlarni berish;

· kutayotgan abanent to’g’risida aftamatik davriy eslatib turish;

· boshqa nomerga aftamatik qayta adreslash va “tungi rejim” da ishlash, ya’ni hamma chaqiruvlarni navbatchi telefonga qayta adreslash;

· abanentlarning chaqirishni ularning telefon nomerlari va joriy vaqtni ko’rsatib o’tish;

· “bezovta qilmaslik” rejimi;

· abanentlarga kelayotgan barcha habarlarni yeg’ish va saqlash uchun tovushli pochta tashkil etish;

· radiotelefonga va peyjerli aloqaga chiqishni mavjudligi;

· bir qator telefonlar uchun tashqi liniyaga chiqishni ta’minlash imkoniyati;

· xonalarni masofadan eshitib turish imkoniyati;

· ichki abanentning telefon aparatidan ATS ni dasturlash imkoniyati;

· qo’ngiroq-budilnik uchun vaqtni yuborish;

· tezkor ma’lum qilish maqsadida baland gapiradigan aloqani ulash imkoniyati;

· aftamatik beruvchi, faks va teletayp ulash;

· telefon chaqiruvlarini kompyuter orqali boshqarish.

Ofisdagi ATS ga qo’shimcha qurilmalarni, xususan, kompyuter, uy telefoni, qo’riqlash signalizatsiyasining ulash imkoniyatining borligi juda muhim holdir.

 Tarmoqdagi ofis ATS larning turlari

Hamma ofis ATS larini quyidagicha tasniflash mumkin:

-ularning sig’imi va konfiguratsiyasi bo’yicha-tashqi va ichki abanent liniyalarining ulanish portlari soni;

-kommutatsiya qilinayotgan signal turi bo’yicha;

-ishlatilayotgan abanent liniyalarini tipi bo’yicha (ko’pincha ATS analogli liniyalardan foydalaniladi, lekin raqamli abanent liniyalari bilan ishlaydigan ATS  lar ham paydo bo’ladi);

-qamrab oladigan territoriyasi bo’yicha (ATS ning ish radiusi bir necha yuz metrdan 5 km va undan ortiq km ni tashkil eshi mumkin);

-kengayish imkoniyati bo’yicha (modul konstruksiyali stansiyalar istiqbolda kengayish imkoniyatlarini-sig’imni ortirishni ta’minlaydi).

ATS konfiguratiyasi uning tashqi abanent liniyalari soniga nisbati bilan aniqlanadi.

Kommutatsiya qilinadigan signal bo’yicha ATS lar analogli, raqamli, gibridli turlarga bo’linadi.

Analogli ATS larda tovushli habarlar amplitudasi o’zgaradigan uzluksiz yoki impul’sli signallar ko’rinishida tasvirlanadi. Anologli ofis ATS larni nisbatan arzon va ichki telefonlar soni 100-150 tagacha bo’lgan kichik va o’rtacha ofislar va firmalar uchun hozirda juda keng tarqalgan.

Raqamli ATS larda tovushli habarlar impul’s kodli modulyatsiyalash usuli bilan ikkilik kodlar ketma-ketligiga o’zgartiriladi; o’zgaruvchi amplitudali xabarlarni emas, balki ikkilik kodlarini qayta ishlash soddaroq va moslashuvchan masaladir, bu esa raqamli ATS lar funksional imkoniyatlarini sezilarli kengaytirishga olib keladi; raqamli signallar qayta ishlanganda va kommutatsiya qilingandan keyin qaytadan analogli shaklga o’zgartiriladi va ichki abanent liniyasiga beriladi. Raqamli ATS lar analogliga nisbatan ancha qimmatroqdir, lekin integrallashgan xizmat ko’rsatishni korparativ raqamli tarmoqlarini (ISDN) yaratishda yaxshi istiqbollarga-ular jadal rivojlanayotgan tizimlardir, bu tizimda ATS ma’lumotlari, avdio-videoaxborotlarni uzatish birlik tarmog’ining bo’g’inidir.

Gibredli ATS larda tovushli habar analoglidagi kabi qayta ishlash va uzatish uchun qo’shimcha imkoniyatlar ko’zda tutilgan

Xususa, tizimli TA quyidagi foydali konstruktiv va funksionol xuxusiyatlariga egadir:

-ekranli minyuli harf-raqamli displey va chaqirayotgan ichki obanent to’g’risidagi, tashqi va ichki abanent liniyalarining holatlari (bandligi) to’g’risidagi abanentni chiqarish imkoniyati;

-eslab qoluvchi qurilma-abanentlarining nomlari va adreslari, ularning telefonlari, ishlari, sanalari nomerlarini saqlash uchun elektron yozuv kitobchisi;

-aniq bir klavishlarga vazifalar mahkam biriktirilgan dasturlanadigan klaviatura;

-matinli habarlarni uzatish imkoniyati va ularni displeyga qabul qilish;

-derektor kotib tizimining barcha vazifalarini bajarish;

-ichki va tashqi konferens-aloqalarni tashkil etish imkoniyati va ko’pgina bashqa hususiyatlar.

Ofis ATS ni tanlash birinchi navbatda telefon tarmog’ining kerakli sig’imini, ya’ni unga ulanadigan tashqi shahar liniyalari sonini va ichki liniyalar sonini hamda telefon tarmog’i bilan qamrab olinadigan siszning firmangiz hududini aniqlash kerak.

Atsning mamlakatdagi telefon liniyalariga ulashga sertifikati borligini albatta aniqlash kerak (bu telefon aparatlarini tanlashda ham muhimdir).

Ba’zi ofis ATS larining qo’llanilishiga batafsilroq  to’xtalib o’tamiz.

Uydagi ofis ATS. Uy sharoitida odatda 1x4 yoki 1x6 konfiguratsiyaga ega bo’lgan oddiy stansiyalar ishlatiladi.

 

Tarmoqdagi multemedia vositalarni o’rnatish

Multemedia- bu kompyuter tehnologiyasining turli hil fizik ko’rinishga ega bo’lga (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya (hayvonlar tasviri), video va sh.o’.) va/yoki turli hil tovushchilarda mavjud bo’lgan (magnit va optik disklar, avdio- va video lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bag’liq sohasidir.

Multemedia (multemedia-ko’p muhitlilik) vositalari bu aparat va dasturlar to’plami bo’lib, u insonga o’zi uchun tabiiy bo’lgan juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsia va b. Ishlatgan xolda kompyuter bilan muloqat qilish imkonini beradi.

Multemedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (vertual xaqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarini yaratib beradi, buda foydalanuvchi chekadigan sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u yerda avj olayotgan hodisalarda faol ishtirok etadi; shu bilan birga muloqat foydalonuvchi uchun odatlangan tilda- birinchi navbatda tovushli va videoobrozlar tilida bo’lib o’tadi.

Multemedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni audio- (nutqli) vidio kiritish qurilmalari; yuqori sirtli tovushli (sound) va bideo-(video) plaralar, videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitafondan yoki videokameradan tasvirni oladi va uni SHK ga kiritiladi; yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush kalonkali katta videoekranli akustik va videoqabul qiladigan tizimlar xozirdayoq keng tarqalgan skanerlar (chunki ular kompyuterga bosma matnlarni va rasmlarni aftamatik kiritish imkonini beradi); yuqori sifatli printerlar va plotterlar.

Multimedia vositalariga yuqori ishonch bilan ko’pincha tovushli va video ma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik va videodisklardagi katta sig’imli tashqi eslab qolish qurilmalarini kiritish mumkin.

Internet tarmog’i turli tiplardagi o’n millionlab kompyuterlarni turli modellar va fasonlardagi shaxsiy kompyuterlardan tortib to katta va o’ta katta EHM-meynfreymlargacha birlashtiradi. Bunday hilma-xil mashinalarni bir biri bilan umumiy muloqat tilini topish juda murakkab masaladir. Bu masala mazkur tarmoq uchun yaratilgan kompyuterlarning  muloqat bayonnomalari tuzumidan foydalanish bilan xal etiladi.

Bu tizimning ikkita asosiy bayonnoma tashkil etadi:

· Internet Protocol (IP)- tarmoqlararo bayonnoma, ISO modelining tarmoqli darajasini vazifasini bajaradi;

· Transmission Control Protocol (TCP)-uzatishni boshqarish bayonnomasi, ISO modelining transportli (tashish) darajasi vazifasini bajaradi.

IP bayonnomasi axborotlarni elektron paketlarga (IP deytagramma ) bo’lib chiqishini tashkil etadi, yuboriladigan paketlarni marshirutlaydi va olinadigonlarini qayta ishlaydi.

TCP transport darajaning tipik bayonnomasi hisoblanadi: u ma’lumotlar oqimini boshqaradi, xatoliklarni qayta ishlaydi va barcha ma’lumotlar barcha ma’lumot paketlari olinganligini va kerakli tartibda yig’ilganligini kafolatlaydi. Internet uchun transportli darajaning yana bir bayonnomasi mavjuddir: foydalanuvchi deytagrammasining bayonnomasi (UDP-User Datagram Protocol) oddiyroq va ma’lumotlarni masulyatsiz jo’natishlarda ishlatiladi.

Bu bayonnomalar ishlatish jarayonining ketma-ketligi quyidagicha bo’ladi.

Uzatiladigan axborot amaliy dastur vositalari bilan aniq bir farmatda bloklarga joylanadi. IP bayonnomasi bu bloklarni paketlarga ajratadi,olingan axborotlarning to’ilqligini tekshirish mumkin bo’lishi uchun paketlarning har biri nomer va sarlovha oladi.

 

Modemlar haqida umumiy ma’lumot

Modemlar (Modulyator-DEModulyator)-aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilinga signallarni to’g’ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o’zgartirish qurilmasidir.

Eng avvalo modem quyidagi impul’slarni (raqamli kodni) top polosaliga (anolog signallarga) o’zgartirish.

· uzatishda: keng polosali impul’slarni (raqamli kodni) top palosaliga (analog signalga) o’zgartirish.

· qabul qilishda: qabul qilingan signalni xalaqitlardan fil’terlash va detektorlash uchun, ya’ni tor polosali analogli signalli raqamli kodga teskari o’zgartirish.

Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o’zgartirish odatda ularning modulyasi bilan bog’langan.

Modulyatsiya-bu signalni biror parametirini aloqa kanalida (modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya qilingan signalni) o’zgartirish.

Demodulyatsiya-bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o’tish paytida xalaqitlar bilan buzilgan signalni) madulyatsiya qiladigan signalga teskari o’zgartirishdir.

Zamonaviy modemlarda ko’pincha modulyatsiyaning uchta turi ishlatiladi:

· chastatali-FSK (Frequence Shift Keying);

· fazali-PSK (Phake Shift keying);

· kvadraturali amplitudali-QAM (Quadrature Amplitude Madelation ).

Chastatali modulyatsiyadan modulyatsiya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma’lumotlarining) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastatasi o’zgaradi, bunda uning amplitudasi o’zgarmaydi. Eng sodda holda ma’lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma’lumotlarini uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastataning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 GS va 1180 GS. Chastatali madulyatsiya xalaqitlarga juda turg’undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.

Fazoli modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan kattalik bo’lib signal fazosi xisoblanadi, bunda uning chastatasi va amplitudasi o’zgarmaydi; faza-modulyatsiya qilingan signalning xalaqitlarga chidamligi ham yuqoridir.

Signallarning sof amplitudali modulyatsiyada uning xalaqitlardan ximoyanlanganligi juda pastdir, shuning uchun xalaqitlarga chidomliroq, lekin yanada murakkabroq kvadratli amplitudali modulyatsiya qo’llaniladi, bunda uzatilayotgan ma’lumotlar taktida bir vaqtning o’zida signalning ham fazosi, ham amplitudasi o’zgaradi.

 

Kompyuterni Internetda ishlash uchun ulash va rostlash

Internet hizmatlaridan foydalanish uchun kompyuteringizni Internet bilan aloqaga ega bo’lgan va kerakli servisni taqdim etuvchi tarmoqqa ulanishini ta’minlash va kompyuterda maxsus tasturli taminotga ega bolish kerak.

Internetga murojat qilish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar ingiliz tilidagi mamlakatlarda Internet Service Provider yoki qisqacha ISP deb ataluvchi firmalar tomonidan taqdim etiladi; ularni Rassiyada “Internet ga murojat qilish provayderi” yoki oddiygina qilib provayderlar deb atashadi.

Pravayder Internet bilan doimiy ulanishga ega bo’lgan va kompyuterni (murojat qilish serverlari) o’z ichiga olgan bo’lib, kompyuter orqali abanentlar-alohida foydalanuvchilarni yoki lokal tarmoqlarini ulashniamalga oshiradi.

Internetga ulanishning bir necha variantlari mavjud:

· ajratilgan liniya bo’yich adoimiy ulanish;

· kommutatsiyalanadigan liniya bo’yicha seansli ulanish;

· xost-kompyuterlariga masofadan turib terminalli murojat qilish.

Ajratilgan liniya bo’yicha ulash foydalanuvchiga eng qulay ishlash sharoitlarini ta’minlaydi, lekin ancha qiymatga tushish. Bu variantga lokal tarmog’ining kompyuterlaridan biri (server) provayderi marshirutlovchisi bilan doimiy ulanishga ega. Kerak texnik va dastur ta’minotini o’rnatish va sozlash hamda bunday ulanishlar ishini birga olib borishni odatda firma pravayderining mutaxassis-ma’muriyatiamalga oshiradi, bu foydalanuvchini ishini yengillashtiradi. Bunday ulanishning muhim afzalligi lokal tarmoqqa o’zining ma’lumot serverini (masalan Web-serverini) o’rnatish imkoniyatidadir, boshqa variantlarida bunday ulanishni imkoni yo’q.

Kommutasiyalanadigan liniya bo’yicha ulanish variantini alohida kompyuterlar uchun ham, Internetga doimiy ulanishni talab etiladigan lakal tarmoqlar uchun ham tavsiya etish mumkin. Bu variant, pravayderning oddiy telefon liniyasi bo’yicha murijaat qilish serveriga, bu serverga “qo’ng’iroq qila olish” va foydalanuvchi nomini va mahfiy so’zni kiritishni talab etadigan keyinchalik qyd qilishdan keyin qilish yo’li kompyuteri telefon aloqasini ushlab turishni ko’zda tutadi. Bunday qayd qilishdan keyin yo’li bilan vaqtincha ulanishni ko’zda tutadi. Bunday qayd qilishdan keyin foydalanuvchi kompyuteri telefon aloqasini ulab turishni vaqt davomida Internet tarmog’iga to’liq ulanib qoladi. Bu ulanish vaqtida foydalanuvchi birinchi varianti ulangandagi kabi imkoniyatlarga ega bo’ladi, lekin kommutasiyalanadigan liniya bo’yicha ulanish birmuncha arzonroq bo’ladi. Bu hozir eng ko’p tarqalgan variantlar, shuning uchun quyida biz uni batafsilroq ko’rib chiqamiz.

Xost-kompyuterga masofadan turib terminalli ulanish kompyuterni uzoqdagi kompyuterga telefon liniyasi bo’yicha ulash yo’li bu kompyuterlarning uzoqlashgan terminal rejimli ishlatishni ko’zda tutadi. Bu variatda faqat matinli ma’lumot uzatiladi, shuning uchun foydalanuvchi tarmoq bilan muloqat qilishda cheklangan imkoniyatlarga ega bo’ladi.

 

Modemlarning turlari

Ko’pgina modemlar ma’lumotlarni uzatish jarayonini ta’minlashdan tashqari, telekammunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi:

· tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operatsiyalari;

· faksimal axborotlarni qabul qilish va uzatish;

· chaqirayotgan abanentning nomerini aftamatik aniqlash (HAA);

· avtojavob beruvchi va elektron kotib vazifalari va b.

Shuning uchun zamonaviy modem modulyatsiya va demadulyatsiya qurilmalaridan tashqari (ba’zida esa ular bilan birga) modem ishini boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprotsessor, tezkor va doimiy hotira ta’minot (tok manbai) uzilganda modem konfiguratsiyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko’pincha qayta dasturlanishi mumkin.

Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:

· konstruksiyasi bilan-avtonom va aparatura ichiga qurilgan;

· aloqa kanalli interfeys bilan-kantaktli va kantaksiz (audio);

vazifasi bilan-turli hil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat malumotlarni uzatish tizimi uchun –modemlar, ma’lumotlarni va fakslarni uzatish uchun tizimi uchun-faksmodemlar (haqiqatdan ham, bugunda ko’plab firmalar faks-modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo’lmagan “toza” modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);

-uzatish tezligi bilan-telefon aloqa kanallari uchun TTXMK bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma’lumotlarni uzatish tezliklari standartiga mos keeluvchi ma’lumotlarni uzatish tezliklari standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o’z ichiga oladi (bit/s da ): 300, 600, 1200, 2400, 4800, 9600, 12000, 14400, 16800, 19200, 28800, 33600.

Ichki modem qurilma ichki platasining raz’yomiga qo’yiladigan plata ko’rinishga ega, masalan, kompyuter tizimini platasi ISA interfeysining slotiga va telefonli aloqa liniyasiga ulash uchun RJ-11 tipidagi evroraz’yomga ham ega.

Tashqi modem-bu odatda katta bo’magan quticha ko’rinishidagi mustaqil kantruksiya bo’lib, u manba bloki, aparatura (kompyuterini ketma-ket porti-RS-232) va telefon kanaligi (RJ-11 raz’yomi) ulash uchun raz’yomlar va indikatorli panel bilan jihozlangan. Indikatorlar modemning ish rejimlari to’g’risida ma’lumot beradi, masalan, indikatorlar quyidagilarni ko’rsatadi:

· MR (Modem Reayd)-modem tarmoqqa ulangan;

· OH (Off Hook)-modem “trubkani” ko’taradi;

· AA (Auto Answer)-modem telefon qo’ng’irog’iga javob bermoqda;

· CD (Carrier Detect)-modem liniyada boshqa mademni aniqladi;

· DC (Data Commpression)-ma’lumotlarni saqlash jarayoni bajarmoqda;

· EC (Error Control)-xatolikni nazorat qilish jarayoni bajarilmoqda va b.

Tashqi modemda uning ishlash tezligini bildiruvchi rangli indikatorlar bo’lishi mumkin, masalan, HS (High Speed) indikatori ishlash tezligi 1200 bit/s bo’lganda qizil rang, tezlik 2400 bit/s bo’lganda- yashil rang, tezlik 9600 bit/s bo’lganda to’q sariq rang bilan yoritiladi.

Hozir Robotics uch turdagi modemlarni ishlab chiqarilmoq:

· Sportster-minimum vazifalar bilan ta’minlangan, uncha qimmat bo’lmagan modemlar;

· Curier-professional yuqori tezlikli modemlar;

· Worldport-uyali aloqa liniyalarida ishlashga mo’ljallangan modemlar.

 

Printerlar haqida ma’lumot

Bosuvchi qurilmalar (printerlar)-bu qiymatlarni EHM dan chiqarish qurilmasi bo’lib, u ma’lumotlarning ASCII kodlarini ularga mos kelgan grafikli belgilarga (hariflar, raqamlar, ishoralarga va sh/o’) ozgartiradi va bu belgilarni qog’ozga qayd qiladi.

Printer SHK TQ sining eng rivojlangan guruhidir, ularning 1000 tagacha turli xil modifikatsiyalari bor. Printerlar o’zoro quyidagi tavsiflar bo’yicha farqlanadi:

· rangliligi (oq-qora va rangli);

· belgilarni shakillantirish usuli (belgilarni bosuvchi va belgilarni sintezlovchi);

· ish tamoili (matritsali, termik (qizdirshga oid), purkagichli, lazerli);

· bosish (zarbli va zarbsiz) va satrlarni shakillantirish (ketma-ket va parallel) usullari;

· karetka kengligi (375 450 mm li keng va 250 mm li tor karetkali);

· bosish satri uzunligi (80 ta va 132-136 ta belgi)

· belgilarni terish (ASCII belgilarni to’liq terishgacha );

· o’tkazish qobilyati va h.q.

Printerlar, odatda, ikki rijimda-matnli va grafikli rejimlarda ishlashi mumkin.

Matinli rejimda printerga bosilish kerak bo’lgan belgilar kodi yuboriladi, shu bilan belgilar konturi printerning ishora generatoridan tanlab olingan.

Grafikli rejimda  printerga tasvir nuqtalarining ketma-ketligi va joylashishga aniqlovchi kodlar yuboriladi.

Matritsali printerlarda tasvir nuqtalaridan zarbli usul bilan shakillanadi, shuning uchun ularni “zarbli-matritsali printer” deb atash to’g’riroqdir, shunday ham ishorani sinterlovchi printerni boshqa tiplari ko’pincha belgilarni matritsali shakillantirishni, lekin zarbsiz usul bilan, ishlatadi. Shunga qaramay, “matritsali printerlar”-bu ularning umumqabul qilingan nomi, shuning uchun uni asos qilib olamiz.

Ignali (zarbli)matritsali printerlarda nuqtalarni bosish, bo’yovchi lenta orqali qog’ozga zarba beruvchi ingichka ignalar bilan amalga oshiriladi.

Lazerli printerlar tasvarni shakillantirishning elektrografik usuli ishlatilib, bu usul shu nomdagi nusha ko’chiruvchi aparatlarda ishlariladi. Lazer o’ta ingichka yorug’lik nurini yaratish uchun hizmat qiladi.

Ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari

Mademlarda ma’lumotlarni uzatish va ularni o’zgartirish qabul qilingan bayonnomalariga mos ravishda bajariladi.

Ma’lumotlarni uzatish bayonnomasi –bu ma’lumotlar shaklini va ulani aloqa kanalida uzatish jarayonlarini reglamentovchi (tartiblovchi) qoidalar to’plamidi. Bayonnomada, xususan, quyidagilar ko’rsatilishi mumkin: ma’lumotlar qanday tasvirlanadi, ma’lumotlarni uzatishni tezlashtirish va himoya qilish maqsadida qanday modulyatsiya turi tanlanadi, kanal bilan ulanish,  kanalida amaldagi shovqinlarni bartaraf etish va ma’lumotlarni uzatishning ishonchligini ta’minlash qanday bajariladi.

Standart odatda o’z ichiga bayonnomalar to’plamini oladi, kam hollarda bitta bayonnomani oladi.

Modemlar uchun ma’lumaotlarni uzatish bayonnomalari sohasida rasmiy qonunchi telegraf va telefaniya bo’yicha halqoro maslahat kengaytirishdir-TTXMK (ko’pincha adabiyotda uning fransuscha abbreviaturasi-CCITT-uchraydi). Bu kengash yaqinda telekamunikatsiya xalqaro instituti deb qayta nomlangan (ITU-International Telecommunikation Union).

Bayonnomalar bilan, ma’lumotlarni uzatish tezligini sezilarli oshirishga imkon beruvchi ma’lumotlarni siqish fuksiyasini tadbiq qilish bilan bog’langan modemlarni mukammallashtirish ko’zda tutilgan. Ma’lumotlarni saqlash prinsipi ma’lumotlar oqimini tahlil qilish, uzatilayotgan blokidagi tez tez uchrab turadigan belgilarni kodlash uchun ishlatiladigan kodlarga nisbatan kichik uzunlikdagi ikkilik kodlari bilan almashtirish hamda takrorlanayotgan belgilar ketma-ketligi aniqlash va ularni o’rniga qisqa blok-tavsifchilarni uzatishga asoslangan.

Ma’lumotlarini uzatish standartlari jadvalida keltirilganligidan eng samaralisi V.34 (V.34 bis) standartidir, u o’zidan oldingilaridan farqli o’laroq, aloqa kanalini testlashni bajaradi, bu uning uchun modemlarning optimal ishlash rijimini aniqlash imkonini beradi (tovushli chastata, o’tkazish polosasi, uzatish tezligi, uzatilayotgan signal darajasi). Shu standartga mos ravishda boshlang’ich ulnish minimal 300 bit/s tezlikda amalga oshiriladi- bunday aloqa hattoki eng pas sifatli liniyalarda ham mumkindir. Keyinchalik,aloqa kanalining ikkala uchida  modemlarni idintifikatsiya qilish amalga oshiriladi, hatoliklarni to’g’irlash va ma’lumotlarni saqlash bayonnomalari ta’minlash imkoniyati, ishlatilayotgan modulyatsiya tipi aniqlanadi va ma’lumotlarni samarali tezligi tanlanadi.

Fayllarni uzatish uchun o’zlarining bayonnomalari o’rnatilgan, ular unga qo’shimcha ravishda ma’lumotlarni bloklarga ajratish, xatoliklarini aftamatik tarqash va to’g’irlaydigan kodlarni ishlatish, noto’ri qabul qilingan bloklarni qaytadan jo’natish, uzatishni uzatishdan keyin tiklash va b.jarayonlarini reglamentlaydi.

 

Share