Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Web Money tizimi to'grisida

Web Money tizimi to’grisida

Internetning paydo bo`lishi bilan birga biz bir lahzada so`nggi birja ma`lumotlari, online magazin, mobil aloqa kompaniyalarining doymo yangilanib va kengayib borayotgan hizmatlari, Internet provayderlari, IP-aloqa va boshqa turdagi minglab saytlaridan foydalanish imkoniyatiga egamiz. Bunday qulaylik tovar va hizmatlar uchun tunu kun to`lovlarni amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Internet millionlab foydalanuvchilarining har biriga yirik auditoriyani yaratdi. Internet bugungi kunda butun jahon erkin bozoriga aylandi, elektron to`lov tizimlari esa sotuvchi va haridorlarning bir lahzada hisob-kitobi uchun imkoniyat yaratadi.

1998 yil 24 noyabrda Internet tizimida tovar va hizmatlar bozori ishtirokchilari o`rtasida hisob-kitoblarni havfsiz real vaqt oralig`idaravishda amalga oshirish, shuningdek hususiy pul o`tkazmalarini amalaga oshirish imkoniyatini beruvchi WebMoney Tranfer elektron to`lov tizimi o`z faoliyatini boshladi.

WebMoney Tranferbu elektron hisob tizimi bo`lib, unda barcha foydalanuvchilar universal hisob birliklari bilan ayira boshlashlari mumkin: WebMoney (WM) titul belgilari bilan. WM titul belgilari bilan Internet tizimida tovar va hizmatlar uchun to`lov sifatida qabul qilinishi mumkin, undan tashqari WM titul belgilarini keng tarqalgan WM ayira boshlash shahobchalari orqali bank yoki pochta o`tkazmalariga, boshqa titul belgilariga ayira boshlash mumkin.
O`z kompyuterida WM Keeper mujozlik dasturiy ta`minot tizimini ornatish bilan WebMoney Tranfer tizimi foydalanuvchisi maqomini oladi. Har bir WebMoney Tranfer tizimi foydalanuvchisi o`z shahsiy WM-hamyonni ochadi (yoki turli hildagi WM titul belgilari uchub bir necha hamyonlarni), bu hamyondan boshqa bir istalgan hamyonga tovar va hizmatlar uchun to`lov sifatida mablag`larni bir zumda o`tkazishi mumkin, yoki hususiy o`tkazmani amalga oshirishi mumkin. Bunda o`tkazma uchun foyiz – o`tkazma miqdoridan 0.8%, biroq mutanosib ravishda 50
 dollardan oshmagan holda. Titul belgilarining hisobi, saqlanishi va bir zumda bir foydalanuvchining hisobidan boshqa foydalanuvchi hisobiga o`tkazilishi WM Keeper mujozlik dasturiy ta`minot tizimi tomonidan olib boriladi. WebMoney Tranfer tizimida moliyaviy va huquqiy kafolatni Tizim garant lari ta`minlaydi.
Havfsizlik tadbirlari majmuasi foydalanuvchilarning mablag`laridan noqonuniy foydalanish holatlarinig oldini oladi va ma`lumotlarning sir saqlanishini ta`minlaydi. Mahfiy habarlar orqali boshqa foydalanuvchilar bilan yopiq muloqaat olib borish, shartnoma kismlarini muhokama qilish, to`lovlarni sharhlab borish mumkin. Amalda ko`rsatilganidek, WebMoney Tranfer tizimining himoyalanganlik darajasi boshqa to`lov tizimlarinikidan ko`ra ancha yuqori.
WebMoney Tranfer tizimida foydalanuvchilar o`rtasidagi bahsli holatlarni hal etish uchun Hakamlik hizmati va foydalanuvchining hohish-istagiga qarab uning shahsini tasdiqlovchi elektron raqamli attestatlar beruvchi WM-attestatlash hizmatlari mavjud.

WebMoney Tranfer quydagi titul belgilari bilan muomala qiladi:
WMY – O`zbekiston zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UZS ning Y-hamyonlardagi ekvivalenti, WMY operatsiyalarining kafili bo`lib “TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi hizmat qiladi.
WMR – rubl zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun RUR ning R-hamyonlardagi ekvivalenti, WMR operatsiyalarining kafili bo`lib WebMoney Transger ning Rossiya hududidagi vakili “BMP” MChJ hizmat qiladi.
WMZ – AQSh dollarida transfert operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z-hamyonlardagi ekvivalenti.
WME –EVRO da operatsiyalarni amalga oshirish uchun EUR ning E-hamyonlardagi ekvivalenti, WMZ va WME operatsiyalarining kafili bo`lib Amstar Holdings Limited, S.A. hizmat qiladi.
WMU – Ukraina zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UAH ning U-hamyonlardagi ekvivalenti, WMU operatsiyalarining kafili bo`lib “Украинское Гарантийное Агентство” MChJ hizmat qiladi.

O’zbekistonda Web Money tizimi va «TILLO GARANT» MChJ ning faoliyati.

       «TILLO GARANT» MChJ O`zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining takomillashishiga ko`mak berish maqsadida tuzilgan.
“TILLO GARANT” MChJ o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to`g`risida”, “Informatsiyalashtirish to`g`risida”, “Elektron raqamli imzo to`g`risida” gi Qonunlariga muvofiq ravishda olib boradi. “TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi O`zbekistonlik foydalanuvchilarga, Internet tizimida tezkor va havfsiz ravishda pul muomalasi operatsiyalarini amalga oshiruvchi WebMoney Transfer tizimidan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
WebMoney Transfer identifikatsiya tizimi barcha hisob-kitob operatsiyalarini nazorat qilib boradi, maxsus ishlab chiqilgan havfsizlik chora tadbirlari esa foydalanuvchilarning mablag` va ma`lumotlaridan noqonuniy foydalanish holatlarinig oldini oladi, shu bilan bir vaqtda “TILLO GARANT” MChJ foydalanuvchilarning mulkiy huquqlari va WMY ko`rinishidagi titul belgilarida ko`rsatilgan mablag`larini real aktivlar bilan ta`minlanganligini kafolatlaydi. WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilarining WMY-operatsiyalari bo`yicha mulkiy huquqlari kafolati “TILLO GARANT” MChJ tomonidan emissiyalangan va foydalanuvchilar tomonidan harid qilingan qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshiriladi. “TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi:
1. WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilar harid qilgan qimmatli qog`ozlarning mulk egaligi huquqlarini tasdiqlaydi va ularning hisob varaqalarida (Y-hamyon) tegishli miqdorda WMY ko`rinishidagi titul belgilarni aks ettiradi.
2. Foydalanuvchilarning hohsh-istaklari asosida, ularning hisob varaqalaridan (Y-hamyonidan) tegishli miqdordagi WMY titul belgilarini, tegishli miqdordagi qimmatli qog`ozlarning majburiy ravishda qayta harid qilinishi yo`li bilan olib chiqib ketilishi amalga oshiradi.
3. WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilariga shahsiy va boshlang`ich attestatlarni berishda tizim Registratori sifatida attestatsiyalash jarayonini olib boradi, undan tashqari Registrator hakamlik hizmati ishida hakam sifatida ishtirok etishi mumkin. WebMoney Transfer tizimida WMY titul belgilarining hisobi, saqlanishi, harakati va meyoriy hujjatlarda ko`rsatilgan boshqa operatsiyalar amaga oshiriladi.
Qo`shimcha ravishda “TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchilariga WMY ko`rinishidagi titul belgilari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda, bahsli holatlar yuz berganida o`zida saqlanadigan malumotlarga tayangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo`yicha tasdiqlash va guvohlik berish ishlarini amalga oshiradi, shu jumladan tegishli davlat idoralarida ham.

Share