Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Yahoo! Kompaniyasi haqida

Yahoo! Kompaniyasi haqida

Yahoo kompaniyasi internet olamidagi yirik kompaniyalardan biridir. U qator ommaviy xizmatlarga, jumladan dunyodagi ikkinchi qidiruv sistemasi, mashhur Flickr fotocasting, pocta xizmati, yangiliklari, moliyaviy tahlil va ko'plab boshqa xizmatlarga egadir. Yahoo bugungi kunda matnli reklamalar bozorida Googlening asosiy raqobatchisa hisoblanadi. Biroq qachonlardir bu kompaniya qidiruv tizimida etakchi hisoblangan.

Keling, Yahoo kompaniyasining tashkil topishi va imkoniyatlarining yo'qotishi haqida suhbatlashamiz.

Yahoo tarixi.

Kremniy vodiysidagi yirik kompaniyalar tarixi singari asoschisi Jerry yang bilan bog'liqdir. 1968 yilda 6 noyabr kuni Xitoyda tavallud topgan. 10 yoshida oilasi bilan AQSHga ko'chishadi va ingliz tilidan bexabar Jerry tirishqoqligi sababli bu muammoni tezda bartaraf etdi. bolaligidan Yang tengdoshlaridan ajralib turardi. Matematika musobaqalarida g'olibliklikni qo'lga kiritib, o'qish jarayonida katta yutuqlarga erishardi. nafaqat o'qishda balki sportda ham o'zini namoyon qila boshlaydi, xususan tennis bilan shug'ullanishni xush ko'rardi. O'qishga Stemfordga yo'l oldi. Bu erda David Filo bilan birgalikda birinchi Yahoo namunasini yaratishadi. Aytish joizki, aynan shu erga keyinchalik Google asoschilari Sergey Brin va Garry Peydj tashrif buyurishadi. Yangning talabalik davri juda qiziqarli o'tgan. U tirishqoqligi va faolligi bilan ajralib turardi. Universitetni tamomlagach do'sti Filo bilan birgalikda aspiraturaga kirishadi. Biroq tirikchilik tashvishi kun tartibiga chiqa boshladi. Shu sababli, Yang qo'ldan kelgancha harakat qila boshladi. U Universitet kutubxonasida ishlab, buyurtma asosida saytlar yarata boshladi.
U davrda Internet endigina ommalashayotgan edi va veb sayt yaratuvchilar sanoqli edi. Talaba uchun etarlicha bo'lgan mablag' qo'lga kiritila boshladi. Tez orada biznes rivojlanishni taqazo qila boshladi va Yang bu ishlariga do'sti Filoni ham jalb eta boshladi. Ilmiy ishi sababli Jerry Yang ko'p vaqtini ma'lumot izlash bilab o'tkazardi va o'z oz'idan bu ish ko'proq Internet bilan shug'ullanishni talab etardi. U topgan ma'lumotlari pyig'ilib bordi va keyinchalik Yang qiziqarli ma'lumotlarni saqlaydigan alohida resurs yaratish haqida bosh qotira boshladi. Shu tariqa Internet dunyosida Jerry va Davidning mahsuloti dunyo yuzini ko'rdi. U tezda rivojlana boshladi. Yang va Filo yangi mashg'uloti asnosida biznes qilish mumkinligi haqida o'ylanib qolishdi. Loyiha rivojlana boshladi. Buyuklikka da'vo qiluvchi bu loyiha Stemfordagi hvlilarning birida oddiygina vagonda yuzaga keldi. Ularning ishlari ko'plab boshqa aspirantlarni ham o'ziga jalb qildi. Ular sutkalab kompyuter oldida o'tirib, ishni rivojlantirishni o'ylashardi. Shu tariqa avtomatik tarzda turli saytlar haqida ma'lumot olishga imkon beruvchi katalog vujudga keldi.

Katalogning birinch namunasi Stemford Universiteti serverlarida ishlay boshladi va uning manzili http:jakehono.stemford.edu/yahoo edi. Bu voqea 1994 yilda ayni Yahoo ustida ish boshlanganidan ropa rosa 1 yil o'tib sodir bo'ldi. 1995 yil bahorida Yahoo asoschilari oldida muhim masala Stemfordda o'qishni davom ettirish yoki shaxsiy biznes bilan shug'ullanish g'oyasi turar edi. Bu vaqtga kelib Filo va Yang o'qishlaridan biroz chetlashgan edilar. Shu tufayli ular biznesni tanlashadi. 1995 yilning bahorida sobiq aspirantlar Mounty Vyu kelishadi, ulardagi boylik esa ro'yxatdan Yahoo kompaniyasi va sarmoyadorlarbop texnologiyalari bor edi. Kompaniyaning bu kabi nostandart nomlanishi haqida ham bir qancha farazlar mavjud. Eng mashhuri Yahoo so'zi Jonatan Sviftning "Guliverning sayohatlari" kitobida berilgan, qo'pol odamsifat mavjudotlarga berilgan nomdan olingan deyiladi. Biroq kompaniya asoschilari bu fikrni inkor etishadi. Yana bir javob Yapon tilidagi Yahoo degan so'zdan olingan bo'lib "salom" degan ma'noni anglatadi. Yahoo ni ro'yxatdan o'tkazish biroz qiyinchilik tug'dirardi negaki negaki bu nom sous ishlab chiqaruvchilar tomonidan band etilgan edi. Shu sababli, so'z oxiriga undov belgisi qo'yildi va 1995 yil 2 martda Yahoo! kompaniyasi dunyo yuzini ko'rdi. Jerry Yang va David Filo kompaniyaning keyingi rivoji uchun sarmoya yotqiza oladigan ivestorlarni izlay boshladi.

Kompaniyaning vujudga kelishi va rivojlanashi.

90 yillar o'rtalarida Internet juda ommalasha boshladi. Bu esa Yahoo! asoschilariga investor topishdi yengillik tug'dirdi. Bunday istak bilan, SEQUOIA CAPITAL kompaniyasi chiqdi. U yosh ishbilarmonlarga 2 million dollar ajratdi. O'sha vaqt ko'zi bilan qaraydigan bo'lsak bu kichkina mablag emas edi. Ammo SEQUOIA CAPITAL kompaniyasi sarmoyasi ziyon ko'rmadi. Sababi bir necha oy o'tib Yahoo! ning 3 yarim millaird dollarga teng aktsiyasiga ega bo'ldi. Yahoo! ning ilk qidiruv mashinalari Netscape kompaniyalariga joylashgan edi. Kompaniya juda tez rivojlandi ro'yxatdan o'tganiga bir yil to'lishi bilan Yahoo! IPA ga chiqdi. Aktsiya paketi 13 dollarga tenglashdi. Savdoning boshida belgilangan narx oxiriga kelib 43 dollargacha ko'tarildi. Bu o'sha yilda barcha kompaniyalarning ko'rsatkichidan yuqori bo'ldi va Yang, Filolar milliarder bo'lishdi. Bundan biroz vaqt avval ulardan biri kutubxonada ishlab pul topardi. Kompaniyaning o'sishida keyinchalik bir qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Yahoo!da portal tizimni rivojlantirish rejalashtirildi. Bu esa nafaqat qidirish balki, ko'pgina qo'shimcha servislar jumaldan yangiliklar, pochta, savol javoblar, e'lonlar, savdo tahlili kabilarni o'z ichiga oladigan sayt yaratildi. Ba'zi servislar Yahoo! kompaniyasi tarkibida yaratilsa, ba'zilari sotib olinardi.
Ko'p o'tmay Internet qidiruv olamida raqobatchi kompaniyalar vujudga keldi. Bular Altavista, Webring, Luxos, Webcrawler kabi etarlicha shakllangan dasturlar bo'lib, ba'zilari Yahoo! tomonidan sotib olingan ba'zilari esa kurashni davom ettiradi. Bugungi kunda ularning birontasini topish biroz mushkulroq.

Yahoo! ko'p kompaniyalarni sotib oldi. Misol uchun, Hotjobs, Flicker, Overture,Keikoo, Webcal, Geocities va boshqalar.
Ba'zilar butunlay kompaniya tarkibiga kirib ketsa, boshqalari jumladan Flicker kabilar mustaqil ishlamoqda. Dot.comlarning sinishi ko'plab kompaniyalarini yo'q qildi. Hatto yo'qotishlar ham bo'ldi. Xususan Yahoo! ham zarar ko'rdi. Biroq kompaniya uchun katta xavf inqiroz emas, balki u qadar ommalashmagan yosh Google kompaniyasi edi. Google da rivojlanayotgan texnologiya va izlashga to'liq e'tibor qaratilgan edi. Bularning barchasi bugungi kunda jahon bozori katta qismini aynan Sergey Brin va Garry Peydjning kompaniyasi egalashiga olib keldi. Yahoo! esa ulardan ancha ortda qoldi. Shunga qaramay dunyo web bozoridagi hukmronlik hammaga ham yoqavermaydi. Shuning uchun ham raqobatchi kompaniyalar, lider kompaniyani sindirishga harakat qilishgan. Microsoft korporatsiyasi Internet tarmog'ida etakchilikni qo'lga olishga anchadan beri harakat qilmoqda. Biroq uning Live izlash tizimi yildan yilga bu ko'rsatkichni bera olmaypti. Shuning uchun Microsoftning so'nggi vaqtlarda Yahoo!ni egalashga bo'lgan harakatlariga ajablanmasa ham bo'ladi. Bu kompanialarning birlashishi dunyo bozorida Googlega qarshi kuchli zarba bo'lardi. Shu sababli Yahoo!ga Microsoftdan ketma ket takliflar tusha boshladi. Birinchisi 2008 yil fevralda Stive Ballmer tomonidan kiritildi. U kompaniya aktsiyalarini 33 dollardan umumiy hisobda 46,6 milliard dollarga sotib olishga tayor ekanini bildirdi. Bu saxiy taklif Yahoo! kompaniyasiga yoqib tushdi. Ammo 3 oylik maslahatlashuvdan so'ng rad javobini berishdi. Jerry Yangning o'zi Yahoo!ni sotishni istamasdi, shu sababdan u Microsoftga o'z aktsiyasini 37 dollardan sotishini aytadi. Ballmer rozi bo'lmaydi. Keyinchalik iqtisodiy inqiroz ta'sirida Yahoo! kapitali kskin tushib ketdi va Microsoftdan yangi taklif kelib tushdi. Lekin yana rad javobi berdi. Bular asosida kompaniya aktsiadorlari va Yang tarafdorlari o'rtasida kelishmovchiliklar vujudga kela boshladi. Asosiy muammo shunda ediki, Yahoo! yaxshi natijalar ko'rsatmayotgan edi. Microsoftning taklifi ko'pchilikka ma'qul kelganiga qaramay shartnoma imzolanmadi. Jerry Yang esa kompaniyani boshqarishdan voz kechdi. Endi Yahoo!ni boshqarish va inqirozdan chiqarish bilan boshqa odam shug'ullanadi.
Yahoo!ning muammolari qanchalik ko'p bo'lmasin, u internet olamidagi yirik kompaniya bo'lib qoladi. Microsoftga sotilish sotilmaslikdan qat'iy nazar Yahoo!ning Internet tarmog'i rivojiga qo'shgan hissasi beqiyosdir. Asosiysi ana shundadir!

Share