Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Facebook o‘zining bepul mobil messenjerini ishga tushirdi

Facebook o‘zining bepul mobil messenjerini ishga tushirdi

Shu yilning 10-avgust kuni dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq sanalgan Facebook lahzali muloqot qilish uchun bepul “Facebook Messenger” mobil ilova-dasturini namoyish qildi. Ushbu dastur iOS hamda Android operatsion tizimi ostidagi qurilmalarda ishlaydi, deya xabar qilinadi Facebook rasmiy blogida.

“Facebook Messenger” orqali foydalanuvchilar o‘zlarining ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlari bilan muloqot qilishlari mumkin. Bunda bir paytning o‘zida xabarni bitta odamga yoki biror guruhga ham jo‘natish mumkin. Xabarlar tarixi Facebook arxivida saqlanadi.

“Facebook Messenger” orqali yuborilgan xabarga fotografiya yoki o‘zingizning joylashgan o‘rningiz haqidagi belgini ilova qilish ham mumkin.

Mazkur messenjer orqali Facebook saytida ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilarga ham xabar yuborish mumkin. Bunda xabarlar SMS orqali yuboriladi.

Hozircha “Facebook Messenger” dasturini faqatgina Kanada va AQShda yashovchi foydalanuvchilar o‘rnatishlari mumkin. Ushbu servisning qachon boshqa mamlakatlarga ham chiqarilishi haqida hali aniq ma’lumotlar berilganicha yo‘q.

Ushbu messenjerni ishlab chiqishda Facebook ijtimoiy tarmog‘i Beluga kompaniyasining ishlanmalaridan foydalandi, deya xabar beradi “The Guardian” gazetasi. Facebook bu kompaniyani shu yilning mart oyida sotib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Facebook raqobatchisi, shu yilning iyun oyi oxirlarida ishga tushirilgan Google+ ijtimoiy tarmog‘i xabar almashish uchun o‘zining Huddle deb nomlangan ilova-dasturiga ega. U kross-platformali dastur bo‘lib, unda xabarlarni ommaviy jo‘natish funksiyasi ham mavjud.

Manba: http://infoman.uz

Share