Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Adobe Muse – veb-dasturlashni bilmaydiganlar uchun sayt yaratish vositasi

Adobe Muse – veb-dasturlashni bilmaydiganlar uchun sayt yaratish vositasi

Adobe Systems kompaniyasi veb-dasturlash sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun saytlar yaratish va ularni Internetga joylash imkoniyatini beruvchi Muse dasturini namoyish qildi, deya xabar beradi CNET News nashri. Dizayner Muse vositasida sayt maketini chizadi, dastur esa avtomatik ravishda zarur kodni hosil qiladi.

Ish jarayonida saytning brauzerda qanday namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkn. Muse yordamida qilingan saytlarga multimedia elementlarini, masalan Google Maps kartalari fragmentlarini yoki YouTube roliklarini ham joylash mumkin. Sayt tayyor bo‘lganidan so‘ng, u Internet tarmog‘iga joylanadi.

Muse dasturi AIR (Adobe Integrated Runtime) platformasiga asoslangan bo‘lib, uni ishlab chiqishda InDesign noshirlik tiziming yaratuvchilari ishtirok etishgan. Biroq, Muse dasturi Adobe kompaniyasining boshqa bir HTML-muharriri sanalgan Dreamweaver dasturi bilan mos tushmaydi.

 


 

Hozircha Muse dasturining Windows hamda Mac OS X operatsion tizimlari uchun mo‘ljallangan beta-versiyasi e’lon qilingan xolos. Dasturing to‘liq versiyasi 2012-yilning birinchi choragida chiqarilishi kutilmoqda. Muse – dasturning kodli nomi, shu bois keyinchalik uning nomi o‘zgartirilishi mumkin.

Dasturning to‘liq versiyasi chiqquncha u bepul tarqatiladi. Keyinchalik u obuna sxemasida tarqatiladi. Ma’lum bo‘lishicha, dasturdan bir oy davomida foydalanish 20 dollar turadi. Bir yillik obuna bo‘lganda esa uning narxi oyiga 15 dollargacha pasaytiriladi.

Manba: http://infoman.uz

Share