Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Android-smartfonlar butun dunyoni egallamoqda

Android-smartfonlar butun dunyoni egallamoqda

Joriy yilning ikkinchi choragida (aprel-iyun oylari) sotilgan Google internet-korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Android mobil operatsion tizimi asosida ishlovchi “aqlli” telefonlar soni 2010-yilning xuddi shu davriga nisbatan 379 foizga o‘sdi. Canalys tadqiqot agentligi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, 2011-yilning ikkinchi choragida jahon bozoriga 51,9 million dona Android-smartfon chiqarilgan.

Jahon smartfonlar bozori esa hisobot davrida yilma-yil 73 foizga o‘sib, joriy yilning aprel-iyun oylarida butun dunyo bo‘ylab 107,7 million dona smartfon sotilgan. Xususan, bunda Android-smartfonlarning ulushi 48 foizni tashkil qildi va u bu sohada yaqqol yetakchiga aylandi.

Apple korporatsiyasi esa bu yilning aprel-iyun oylarida jami 20,3 million dona iPhone smartfoni sotishga muvaffaq bo‘lib, uning iOS operatsion tizimi jahonda 19 foiz ulushga ega bo‘ldi va “afsonaviy” Symbian mobil platformasini uchinchi o‘ringa siqib chiqardi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda BlackBerry OS asosida ishlovchi smartfonlar savdosi ham yilma-yil hisoblaganda 11 foizga o‘sdi, biroq Research in Motion (RIM) kompaniyasining jahon bozoridagi ulushi biroz qisqardi.

Nokia bilan hamkorlikda Windows Phone 7 bazasida ishlovchi ilk qurilmalar seriyasini ishlab chiqarish arafasida turgan Microsoft esa joriy yilning ikkinchi choragida bozorning atigi 1 foiz ulushiga egalik qildi xolos. Ushbu davrda Windows Phone 7 bazasida ishlovchi 1,5 million dona smartfon sotilgan.

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘tgan uch oy mobaynida jahon bozoriga 17 million dona smartfon yetkazib berdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 421 foizga ko‘p demakdir. Shunday qilib, koreys kompaniyasi “aqlli” telefonlar savdosida faqatgina Apple korporatsiyasidan ortda qolmoqda xolos.

Manba: http://infoman.uz

Share