Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Internetda Twitter saytining kloni paydo bo‘ldi

Internetda Twitter saytining kloni paydo bo‘ldi

Twitpic fotoxostingi asoschisi Noa Everett (Noah Everett) Heello deb nomlangan mikrobloglar yuritish servisini ishga tushirdi. Ushbu sayt tashqi ko‘rinishi hamda funksionallik jihatdan Twitter servisiga judayam o‘xshab ketadi. Xuddi Twitter saytidagidek Heello servisida ham har bir xabar uzunligi 140 belgidan oshmasligi lozim.

Undagi xabarlar “tvitlar” (tweets) emas, balki “pinglar” (pings) deb nomlanadi. Bundan tashqari, “retweet” va “follow” so‘zlari o‘rniga “echo” hamda “listen” so‘zlaridan foydalanilgan.

Heello servisi Facebook va Twitter saytlari bilan integratsiyalashgan. Foydalanuvchi o‘zining mikroblogiga yozgan xabarlarni mazkur ijtimoiy tarmoqlarga ham chiqarishi mumkin. Har bir “ping”ga fotografiya yoki o‘zingizning joylashgan o‘rningiz haqida belgini ham ilova qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Twitter servisida saytning o‘zida fotografiya yuklash funksiyasi paydo bo‘ldi. Bungacha foydalanuvchilar Twitpic, Yfrog kabi tashqi fotoxostinglardan foydalanishgan.

Manba: http://infoman.uz

Share