Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



“Twitter”da fotogalereyalar paydo bo‘ldi

“Twitter”da fotogalereyalar paydo bo‘ldi

“Twitter” mikrobloglar xizmati foydalanuvchilar tomonidan yuklangan fotografiyalarni galereya ko‘rinishida namoyish etadi. Bu haqda “The Next Web” blogi xabar bermoqda. Fotogalereyaga olib boruvchi link foydalanuvchi profilida joylashgan bo‘ladi. Galereya yuztagacha fotografiyalarni o‘zida saqlab turish imkoniga ega bo‘lib, eng birinchi qo‘shilgan fotografiyadan boshlab xronologik ko‘rinishda namoyish etiladi.

Unda nafaqat “Twitter”ning o‘z fotoxizmati, shuningdek, yfrog, Twitpic, Instagram kabi boshqa resurslar orqali yuklangan fotografiyalar ham qo‘shilib boradi.

Galereyada u yoki bu fotografiyani yo‘qotish uchun fotografiyaga tegishli linkka ega bo‘lgan “tvit” o‘chirilishi kerak bo‘ladi. “Retvit”-xabarlardagi fotografiyalar galereyadan joy olmaydi.

“Twitter” mikrobloglar xizmati avgust oyining birinchi yarmida o‘z fotoservisiga ega bo‘lgandi. “Twitter”da 200 milliondan ortiq akkaunt ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

 Manba: http://infoman.uz

Share