Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



“Facebook”dan foydalanish soddalashadi

“Facebook”dan foydalanish soddalashadi

“Facebook” ijtimoiy tarmog‘i o‘z maxfiylik siyosatini osonlashtiradi. Bu haqda “Lenta.Ru” internet-nashri xabar bermoqda. U yoki bu ma’lumotni kim ko‘ra oladi-yu, kim ko‘rolmasligini belgilash uchun foydalanuvchi endi sozlashlar sahifasiga kirishi shart emas. Profil sahifasing o‘zida ko‘rishni chegaralash imkonini beruvchi tugma paydo bo‘lib, uning yordamida foydalanuvchi u yoki bu ma’lumotlar, misol uchun, yangi fotoalbom yoki “Tug‘ilgan shahri”ni ko‘rsatish bo‘yicha cheklov o‘rnatishi mumkin. Xuddi shunday sozlashlarning yangiliklar lentasiga nisbatan ham qo‘llash mumkin.

Profil sahifasida “Profilni boshqa kishi sifatida ko‘rish” tugmasi ham paydo bo‘ladi. Uning yordamida foydalanuvchi o‘zi xohlagan foydalanuvchining “ko‘zi” bilan o‘z profilini ko‘rib chiqishi mumkin.

Shuningdek, fotografiyalarda belgilash qoidalari ham o‘zgaradi. Tarmoqning boshqa bir foydalanuvchisi belgilangan fotografiyadagi belgilash, toki o‘sha foydalanuvchi buni o‘zi tasdiqlamagunicha, bu fotografiya uning profilida paydo bo‘lmaydi. Foydalanuvchi o‘zi yuklagan fotografiyadagi boshqalarning belgilashlarini olib tashlashi mumkin bo‘ladi. Fotografiyalarda nafaqat o‘z do‘stlarini, ayni vaqtda “Facebook”ning barcha foydalanuvchilarini belgilash mumkin bo‘ladi.

“Facebook” foydalanuvchisi o‘z turar joyi to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, shu bilan birga, tarmoq foydalanuvchilaridan kimlar unga yaqin joyda joylashganini bilib olishi mumkin. Avvallari bu funksiya “Facebook”ning faqat mobil ilova-dasturida ishlar edi xolos, endilikda esa undan veb-versiyada ham foydalanish mumkin.

“Facebook”ning qayd etishicha, yangi o‘zgarishlar “yaqin kunlarda joriy qilinadi”.

Shunga o‘xshash maxfiylik siyosati sxemasi 2011-yilning iyun oyi so‘nggida ishga tushirilgan Google+ ijtimoiy tarmog‘iga qo‘llaniladi, deya qayd etmoqda “The Next Web” blogi. Google+ saytining eng asosiy ustunliklaridan biri sifatida uning maxfiylik siyosati “Facebook”nikidan ko‘ra sodda va tushunarli ekanligini ta’kidlab o‘tishgandi.

Manba:  http://infoman.uz

 

Share