Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Google servislaridan offlayn rejimda foydalaning

Google servislaridan offlayn rejimda foydalaning

Google kompaniyasi foydalanuvchilarga Internetga ulanmasan turib Gmail elektron pochta xizmati, Google Calendar hamda Google Docs ofis dasturlari paketidan foydalanish imkoniyatini taqdim qildi. Ushbu servislardan foydalanish HTML5 dasturlash tilida yozilgan ilova-dastur orqali amalga oshiriladi. Hozircha ushbu dastur faqatgina Google Chrome brauzeridagina ishlaydi. Kompaniya mazkur dasturni keyinchalik boshqa brauzerlar uchun ham moslashtirishini ma’lum qilgan.

Gmail pochta xizmatidan offlayn rejimda foydalanish uchun mo‘ljallangan ilova-dastur allaqachon Chrome Web Store onlayn-do‘konida paydo bo‘lgan. Qolgan servislar uchun mo‘ljallangan dasturlar esa tez kunlarda chiqariladi.

Gmail pochta xizmatidan offlayn rejimda foydalanganda faqatgina xatlar ro‘yxati bilan ishlash, kelgan xatlarga javob yozish mumkin xolos. Foydalanuvchi Internetga ulanishi bilanoq, javob xati egasiga yuboriladi. Google Docs servisi yordamida esa hujjatlarni offlayn ko‘rish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Tahrirlash funksiyasi esa hozircha yo‘q.

Manba: http://infoman.uz 

Share