Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Samsung o‘zining “universal” mobil messenjerini ishga tushirmoqda

Samsung o‘zining “universal” mobil messenjerini ishga tushirmoqda

Samsung kompaniyasi muloqot qilish uchun mo‘ljallangan o‘zining ChatON deb nomlangan bepul servisini namoyish qildi. Ushbu mobil messenjer Samsung telefonlarida ham, boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalarda ham ishlaydi. ChatON messenjeri ikki xil versiyada chiqariladi: birinchisi – oddiy mobil telefonlar uchun, ikkinchisi esa – smartfonlar va planshet kompyuterlar uchun.

Messenjerning bazaviy versiyasi orqali foydalanuvchilar bir-birlariga xat-xabarlar, rasmlar hamda manzillar kitobidagi aloqalarni yuborishi mumkin. Kengaytirilgan versiya yordamida esa bularga qo‘shimcha ravishda audio-yozuvlar va videoroliklarni ham yuborish mumkin. Bundan tashqari, Samsung kompaniyasi desktop kompyuterlar uchun ham ChatON uchun mijoz-dastur ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Reuters agentligining xabar berishicha, ChatON shu yilning oktabr oyidan ishga tushiriladi va dunyo bo‘ylab 120 mamlakatda 62 tilda mavjud bo‘ladi.

Samsung o‘zining yangi qurilmalariga ChatON messenejrini o‘rnatib chiqaradi. Boshqa platformalarda ishlovchi qurilmalar egalari esa uni o‘zlari o‘rnatib olishlari mumkin.

Hozirda mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchi ko‘plab kompaniyalar o‘zlarining messenjerlarini taklif qilishmoqda. Masalan, Research in Motion kompaniyasi “BlackBerry Messenger” servisini, Nokia – “IM for Nokia”, Apple esa – “iMessage”. Bundan tashqari, boshqa dasturchilar ham bir necha platformalarda ishlovchi o‘zlarining messenjer dasturlarini taklif qilishmoqda.

Manba: http://infoman.uz

Share