Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Facebook va Google kompaniyalari “Like” hamda “+1” tugmachalarini brauzerga biriktirish taklifi bilan chiqmoqda

Facebook va Google kompaniyalari “Like” hamda “+1” tugmachalarini brauzerga biriktirish taklifi bilan chiqmoqda

Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq – Facebook hamda Google internet-korporatsiyasi “Like” hamda “+1” tugmachalarini bevosita brauzerga biriktirish taklifi bilan chiqmoqda. Hozirda Google Chrome brauzeri uchun chiqarilgan maxsus kengaytma (extension) orqali foydalanuvchilar biror saytdagi maqolani, garchi unga “Like” yoki “+1” tugmachalari o‘rnatilmagan bo‘lsa-da, “layk” qilishlari mumkin.

Ushbu plaginni Chrome internet-do‘konidan topishingiz mumkin. Shu paytgacha ushbu kengaytmani 33 ming foydalanuvchi o‘z brauzerlariga o‘rnatishgan. Xuddi shunday, “Like” funksiyasini bajaruvchi plaginni ham mazkur onlayn-do‘kondan topishingiz mumkin. Boshqa brauzerlar, jumladan Internet Explorer va Firefox uchun ham bunday plaginlarning chiqish-chiqmasligi hali noma’lum.

Bir narsani yodda tutish lozimki, ushbu plaginlarni o‘rnatishdan oldin maxfiylik siyosati haqida o‘ylab ko‘rish lozim. Chunki, ular foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini o‘zida saqlab turadi.

 Manba:  http://infoman.uz

Share