Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Vertu sensor ekranli smartfon ishlab chiqarmoqchi

Vertu sensor ekranli smartfon ishlab chiqarmoqchi

Buyuk Britaniyaning elita mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi Vertu kompaniyasi o‘zining ilk sensor ekranli smartfonini ishlab chiqarmoqda, deya xabar beradi “This is My Next” texnoblogi. Kompaniyaning eng so‘nggi “Vertu Constellation T” modeldagi telefoni shu oktabr oyida namoyish qilinishi kutilmoqda. Biroq, apparatning xarakteristikalari haqidagi ma’lumot Bluetooth standartini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi “Bluetooth SIG” tashkilotining saytida e’lon qilingan.

U yerdagi ta’riflarga ko‘ra, “Vertu Constellation T” modeli 3,5 dyumlik hamda 640×360 kengaytmali sensor ekran, 32 gigabaytlik ichki o‘rnatilgan xotiraga ega bo‘ladi. Telefonning orqa panelida 8 megapiksellik kamera ham bor. Taxminlarga ko‘ra, ushbu smartfon Symbian operatsion tizimining versiyalaridan birida ishlaydi. Vertu kelajakda Windows Phone 7 operatsion tizimi bazasida ham telefonlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Smartfonning sotuvga chiqarilish vaqti va narxi haqida hali biror aniq ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida:

Vertu kompaniyasining bosh ofisi Angliyada joylashgan bo‘lib, u Nokia kompaniyasining mustaqil bo‘linmasi sanaladi. Vertu apparatlari “lyuks” oilaga mansub telefonlar sifatida qabul qilinadi, chunki uning ko‘pchilik modellarida qimmatbaho metallar, tabiiy teri, yoqut oynadan foydalaniladi. Bloomberg agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Vertu so‘nggi 10 yil ichida 300 ming dona telefon sotgan bo‘lib, ularning asosiy qismi Xitoy, Rossiya va Fors ko‘rfazi mamlakatlarida sotilgan.

Hatto, ba’zi Vertu telefonlarining narxi bir necha ming dollarga yetishi mumkin. Kompaniya 2010-yilgacha operatsion tizimsiz, ya’ni “oddiy” mobil telefonlar ishlab chiqargan.

Manba: infoman.uz

Share