Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Hindistonda dunyodagi eng arzon planshet kompyuter ishlab chiqarildi

Hindistonda dunyodagi eng arzon planshet kompyuter ishlab chiqarildi

Hindistonda dunyodagi eng arzon planshet kompyuter taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu planshet kompyuterni Buyuk Britaniyaning DataWind kompaniyasi ishlab chiqargan bo‘lib, u “Aakash” deb nomlanadi (tarjimasi – “Osmon”). “The Times of India” nashrining yozishicha, apparat narxi o‘rtacha 45 dollar turadi.

“Boylar bemalol raqamli dunyo mo‘jizalaridan foydalanishlari mumkin, kambag‘allar esa bu imkoniyatdan mahrum. “Aakash” ushbu nomutanosiblikni yo‘qqa chiqaradi”, – deydi Hindistonning ta’lim va telekommunikatsiyalari vaziri Kapil Sibal janoblari. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu planshet kompyuterlarning ilk partiyasi talabalar uchun mo‘ljallanadi. Eng qizig‘i, ushbu qurilma talabalarga bepul tarqatiladi.

Mazkur planshet kompyuter 800×480 kengaytmali 7 dyumlik ekranga ega va u Google Android 2.2 operatsion tizimi asosida ishlaydi. Apparat 366 Mgs chastitali protsessor, 256 megabayt operativ xotira va microSD portiga (32 gigabaytgacha) ega. Unga Wi-Fi simsiz aloqa moduli hamda USB-port ham o‘rnatilgan. Qurilmaga bir nechta ilova dastur avvaldan o‘rnatilgan holda chiqadi, biroq unda Android Market onlayn-do‘konidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.

Hindiston hududida “Aakash” planshet kompyuterlarini yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi DataWind kompaniyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, agarda ushbu mahsulotdan ommaviy ishlab chiqarish boshlanadigan bo‘lsa, uning narxi 35 dollargacha tushishi ham mumkin. Kompaniya yaqin kunlarda uning tijoriy versiyasini ham ishlab chiqarmoqchi va uning narxi 62 dollar bo‘lishi kutilmoqda.

 Manba: infoman.uz

 

 

Share