Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



“Nuance Communications” virtual klaviaturani ishlab chiqqan “Swype” kompaniyasini sotib olmoqda

“Nuance Communications” virtual klaviaturani ishlab chiqqan “Swype” kompaniyasini sotib olmoqda

“Nuance Communications” kompaniyasi mobil telefonlarda matn kiritish texnologiyasini ishlab chiqqan “Swype” kompaniyasini sotib olmoqda. Ushbu texnologiya ham kompaniya nomi bilan bir xil ataladi. Bu haqda “Uncrunched” texnoblogi xabar qilgan.

Bitim summasi 100 million dollardan oshadi, deya yozadi “GeekWire” internet-nashri. Biroq, “Nuance Communications” va “Swype” narx borasida hech qanday rasmiy fikr bildirganicha yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida:

“Swype” kompaniyasi 2002-yilda Rendi Marsden (Randy Marsden) va Kliff Kushler (Cliff Kushler) tomonidan asos solingan. Kushler 1990-yillarda “Tegic Communications” kompaniyasida ishlab yurgan kezlarida “T9” deb nomlangan matn kiritish texnologiyasini ishlab chiqqan edi. Hozir “T9” texnologiyasi ham “Nuance Communications” kompaniyasiga tegishli. Chunki, “Nuance Communications” 2007-yilda uni “AOL” kompaniyasidan sotib olgan.

“Swype” matn kiritish tizimi sensor ekranli mobil telefonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u barmoqni ekrandan uzmasdan matn kiritish imkoniyatini beradi. U hozirda 40 dan ortiq tilda ishlaydi. Ba’zi smartfonlarda “Swype” dasturi oldindan o‘rnatilgan bo‘ladi. Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab 100 milliondan ortiq apparat “Swype” tizimidan foydalanadi. U ilk marta 2008-yilda namoyish qilingan.

 


 

Yuqoridagi rasmda qanday qilib “Swype” tizimi yordamida “quick” so‘zining yozilishi keltirilgan. Buning uchun siz barmog‘ingizni dastlab “q” harfining ustiga qo‘yasiz va barmog‘ingizni klaviaturadan uzmay ketma-ketma keyingi harflar tomon harakatlantirasiz. So‘zning oxirgi harfiga, ya’ni “k” harfiga yetib kelganda barmog‘ingizni klaviaturadan ko‘tarsangiz, ekranda “quick” so‘zi hosil bo‘ladi. Ba’zan biz “Swype” tizimi orqali chizgan “chizig‘imizda” turli so‘zlar mavjud bo‘lsa, ekranga ularning variantlari ham chiqadi.

Mana bu yerda “Swype” texnologiyasi haqida batafsil ma’lumot va undan qanday foydalanish to‘g‘risida maslahatlar berilgan.

Manba: infoman.uz

Share