Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Intel va Samsung birgalikda Linux bazasida yangi mobil operatsion tizim ishlab chiqmoqda

Intel va Samsung birgalikda Linux bazasida yangi mobil operatsion tizim ishlab chiqmoqda

Intel va Samsung kompaniyalari birgalikda “Tizen” deb nomlangan yangi mobil operatsion tizimi ustida ish olib bormoqda, deya xabar beradi “Reuters” agentligi. Ushbu operatsion tizim Linux yadrosida yaratiladi va u turli xil qurilmalarda, jumladan smartfonlar, planshet kompyuterlar, internetga ulangan televizorlar va avtomobil axborot-ko‘ngilochar tizimlarida ishlashi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, “Tizen” muhitida HTML5 tilida yaratilgan ilova-dasturlar ham ishlaydi.

Mazkur loyihani ikki nufuzli Linux-hamjamiyat – “Linux Foundation” va “LiMo Foundation” qo‘llab-quvvatlamoqda. “LiMo Foundation” jamg‘armasi “Linux Mobile” mobil latformasi uchun javobgar va uning tarkibiga 25 ta kompaniya, xususan Samsung, Panasonic, NEC, McAfee va Mozilla Corporation kompaniyalari kiradi.

Operatsion tizimning birinchi versiyasi 2012-yil birinchi choragida chiqishi kutilmoqda.

Intel kompaniyasi uchun “Tizen” operatsion tizimi Linux yadrosida yaratilgan ikkinchi operatsion tizim sanaladi. Bungacha u Nokia kompaniyasi bilan hamkorlikda “MeeGo” mobil operatsion tizimini ishlab chiqqan. Boshida Nokia kompaniyasi “MeeGo” asosida ishlovchi bir nechta qurilma ishlab chiqarishi haqida aytgann edi, biroq u Microsoft bilan strategik alyans tuzganidan so‘ng bu fikridan qaytdi. “MeeGo” mobil operatsion tizimida ishlovchi birinchi va oxirgi qurilma – bu, Nokia N9 smartfonidir.

Samsung esa, o‘z navbatida, uch xil operatsion tizim ostida qurilmalar ishlab chiqarmoqda – Windows Phone 7, Android va Bada. Eslatib o‘tamiz, Bada operatsion tizimi Samsung kompaniyasining o‘ziga tegishli.

Manba: infoman.uz

Share