Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Adobe Photoshop dasturining planshet kompyuterlar uchun mo‘ljallangan versiyasi chiqdi

Adobe Photoshop dasturining planshet kompyuterlar uchun mo‘ljallangan versiyasi chiqdi

“Adobe Systems” kompaniyasi “Adobe Photoshop” grafik muharririning planshet kompyuterlar uchun mo‘ljallangan versiyasini namoyish qildi. Ushbu dastur “Adobe Photoshop Touch” deb nomlandi. 2010-yilda chiqarilgan “Adobe Photoshop Express” mobil grafik muharriridan farqli o‘laroq, yangi dastur ko‘proq “Photoshop”ning desktop kompyuterlar uchun mo‘ljallangan versiyasiga o‘xshab ketadi.

Unda, xususan, “qatlamlar” funksiyasi va barmoqlar bilan rasmlarning alohida fragmentlarini “belgilash” imkoniyati mavjud.

Ushbu dasturda qayta ishlangan rasmlarni Facebook ijtimoiy tarmog‘iga yuborish yoki kompaniyaning yangi “Adobe Creative Cloud” bulutli servisiga joylashtirish mumkin.

“Adobe Photoshop Touch” ham kompaniyaning “Adobe Touch Apps” ilova-dasturlar paketi tarkibiga kiradi. Paket 6 ta dasturdan iborat: rasmlarni tahrirlash uchun “Adobe Photoshop”, kollajlar yaratish uchun mo‘ljallangan “Adobe Collage”, tayyor ishlarni namoyish qilish uchun “Adobe Debut”, vektor grafikasini tahrirlovchi “Adobe Ideas”, ranglarni aralashtirish uchun “Adobe Kuler” va veb-sayt eskizlarini yaratish uchun “Adobe Proto” dasturlari.

Eslatib o‘tamiz, “Adobe Touch Apps” paketiga kiruvchi har bir dastur narxi 9,99 dollar turadi. Dasturning Android-planshetlar uchun mo‘ljallangan versiyasi shu yilning noyabr oyida chiqariladi. Apple kompaniyasining iPad plansheti uchun mo‘ljallangan versiyasi esa 2012-yil boshlariga chiqishi kutilmoqda.

Manba: infoman.uz

Share