Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Flickr fotoxosting servisi Android-qurilmalarga ham yetib keldi

Flickr fotoxosting servisi Android-qurilmalarga ham yetib keldi

Mashhur Flickr fotoxosting servisi Google Android asosida ishlovchi qurilmalar uchun mo‘ljallangan o‘zining ilova-dasturini ishlab chiqdi. Rasmiy ilova-dasturga ham veb-versiya kabi juda ko‘plab funksiyalar biriktirilgan, jumladan rasmlarni guruhlash, mulohaza qoldirish, filtrlarni qo‘llash kabilar.

Ilova-dasturning o‘zi orqali ham rasmga olish hamda uni shu onning o‘zidayoq mashhur ijtimoiy tarmoqlarga yoki elektron pochtaga yuborish imkoniyati mavjud. Ushbu dasturni Android Market orqali bepul ko‘chirib olishingiz mumkin. Biroq, ushbu ilova-dasturning ishlashi uchun qurilmangizda Android mobil operatsion tizimining 2.1 yoki undan keyingi versiyalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha iPhone smartfonlari uchun chiqarilgan Instagram ilova-dasturi bu yo‘nalishda o‘zining yaqqol yetakchiligini namoyish qilib kelayotgan edi. Hozirgi tendensiyaga e’tibor qiladigan bo‘lsak, odamlar o‘z smartfonlari yordamida rasmga olib, uni shu paytning o‘zidayoq, ya’ni kompyuterga ulab, ko‘chirib o‘tirmasdan, ijtimoiy tarmoqlarga yuborishni afzal ko‘rishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Flickr fotoxosting servisi 2004-yil fevralda ishga tushgan bo‘lib, hozirda uning egasi Yahoo! Internet-kompaniyasi sanaladi. Kompaniya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda servisda 50 million foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan va ular servisga har kuni o‘rtacha 4,5 million dona rasm yuklashmoqda.

Manba: infoman.uz

Share