Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Amazon kompaniyasi 199 dollarlik “Kindle Fire” planshet kompyuterini namoyish qildi

Amazon kompaniyasi 199 dollarlik “Kindle Fire” planshet kompyuterini namoyish qildi

Jahondagi eng yirik onlayn-riteyler – Amazon kompaniyasi o‘zining “Kindle Fire” deb nomlangan planshet kompyuterini namoyish qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bergan. “Kindle Fire” 7-dyum displeyga ega bo‘lib, uning narxi 199 dollar turadi. Apple kompaniyasining eng arzon iPad plansheti (499 dollar) bilan solishtiradigan bo‘lsak, bu narx 2 barobar arzondir.

Qurilma Amazon kompaniyasining “Kindle” elektron bukriderining takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, u Google Android mobil operatsion tizimida ishlaydi.

“Kindle Fire” planshet kompyuterida kamera yoki mikrofon yo‘q. internetga ulanish uchun faqatgina Wi-Fi moduli bor xolos. Kompaniya ushbu planshetni sotib olganlarga o‘zining “Amazon Prime” pullik servisiga 30 kunlik bepul foydalanish imkoniyatini ham bermoqda.

Prognozlarga ko‘ra, yangi planshet kompyuter Amazon kompaniyasiga kata miqdorda daromad keltiradi hamda 2012-yilda uning jami daromadi 64,6 milliard dollarga yetishi mumkin.

So‘nggi yillarda planshet kompyuterlar foydalanuvchilar orasida juda tez ommalashib bormoqda. Xususan, Apple kompaniyasi 2010-yil mart oyida o‘zining iPad plansheti bilan ushbu davrga asos solib berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

“Amazon Kindle Fire” planshet kompyuteri:

 


 

Foto: Bloomberg

Hozirda, dunyo bo‘ylab juda ko‘plab kompaniyalar o‘zlarining planshet kompyuterini sotuvga chiqarishmoqda. Jumladan, Apple kompaniyasining iPad 2 planshet kompyuteri, HP kompaniyasining TouchPad, Samsung – Galaxy Tab, Research in Motion – PlayBook, Motorola – Xoom va boshqalar.

Manba: infoman.uz

Share