Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Google kompaniyasi “Dart” veb-dasturlash tilini namoyish qildi

Google kompaniyasi “Dart” veb-dasturlash tilini namoyish qildi

Google internet-kompaniyasi veb-dasturlar tayyorlash uchun mo‘ljallangan “Dart” dasturlash tilini namoyish qildi.
Ushbu veb-dasturlash tilining chiqishi haqida kompaniyaning rasmiy blogida xabar qilindi. Xabarda yozilishicha, ushbu dasturlash tilining asosiy afzalligi uning moslashuvchanligi, o‘zlashtirishga oson ekanligi va universalligidir – unda yozilgan veb-dasturlar barcha zamonaviy brauzerlarda ishlayveradi, jumladan mobil qurilmalarda ham.
Hozirgi kunda veb-dasturlarni yaratish uchun asosan “JavaScript” tilidan foydalaniladi. “Dart” esa bunga muqobil sifatida ishlab chiqildi.
Yangi tilning rasmiy sayti – www.dartlang.org bo‘lib, unda dasturchilar uchun yo‘riqnomalar, ushbu tilni o‘rganish uchun qo‘llanmalar va namunaviy kodlar berib boriladi. Kompaniyaning xabar berishicha, hozircha “Dart”ning “xomaki” versiyasi chiqarilgan bo‘lib, loyiha ustidagi ishlar hamon davom etmoqda.
 
Manba: infoman.uz
Share