Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



“Qulflanmagan” smartfonlari qachon sotuvga chiqadi va narxi qancha?

“Qulflanmagan” smartfonlari qachon sotuvga chiqadi va narxi qancha?

Xabaringiz bo‘lsa, AQShda va ko‘pchilik boshqa mamlakatlarda mobil telefonlar biror aloqa operatoriga biriktirilgan holda, ya’ni qanchadir muddatga shartnoma bilan chiqariladi. Shu yilning 4-oktabr kuni namoyish qilingan yangi iPhone 4S smartfoni uch xil versiyada – 16, 32 va 64 gigabayt ichki o‘rnatilgan xotiraga ega variantlarda chiqariladi. Apple endilikda o‘zining smartfonlarini Amerikaning AT&T, Verizon va Sprint aloqa operatorlariga biriktirilgan holda sotuvga chiqarmoqa. Masalan, siz AT&T aloqa operatoriga biriktirilgan 16 gigabaytlik iPhone 4S smartfoni sotib olishingiz uchun boshida 199 dollar to‘laysiz va AT&T bilan ikki yillik shartnoma tuzasiz.

Shartnoma shartlariga ko‘ra siz ikki yil davomida har oyda ma’lum miqdorda pul to‘lab turasiz, aloqa operatori esa sizga mobil aloqa, 3G-internet va boshqa xizmatlarni bu davr mobaynida bepul ko‘rsatadi.
Odatda, bir aloqa operatoriga biriktirilgan mobil telefonlar “qulflangan” (“locked”) mobil telefonlar deyiladi.
Apple, shu bilan birga, o‘zining “qulflanmagan” (“unlocked”), ya’ni bir aloqa operatoriga biriktirilmagan telefonlarini ham sotadi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, 4-oktabr kuni namoyish qilingan yangi iPhone 4S smartfonlarining “qulflanmagan” versiyasi noyabr oyidan sotuvga chiqariladi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, yangi iPhone 4S smartfoniga ikkita antenna o‘rnatilgan bo‘lib, u ham CDMA, ham GSM aloqa standartlarini qo‘llab quvvatlaydi. “Qulflanmagan” holda chiqariladigan iPhone 4S smartfonlari esa faqat GSM standartida ishlaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, 64 gigaybat ichki xotiraga ega, “qulflanmagan” iPhone 4S smartfoning narxi 849 dollar turadi. 16 gigabaytlik versiyasi esa – 649 dollar.

Manba: infoman.uz

Share