Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



“Mail.Ru” portali bugun 13 yoshga to‘ldi

“Mail.Ru” portali bugun 13 yoshga to‘ldi

Bugun “Mail.Ru” portali 13 yoshga to‘ldi. Bundan roppa-rosa 13 yil avval, ya’ni 1998-yil 15-oktabr kuni sayt o‘z faoliyatini boshlagan edi. Ko‘pchilikka ma’lumki, endi u oddiy portal emas, balki “Mail.Ru Group” degan kata kompaniyaga ham aylanishga ulgurdi. Uning tarkibiga “Mail.Ru” kommunikatsion portalidan tashqari “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoq sayti, “ICQ” va “HeadHunter” kabi servislar ham kiradi.
So‘nggi vaqtlarda portalda katta o‘zgarishlar kuzatildi. Xususan, saytning yangi dizayni ishga tushdi, interfeysni o‘zgartirish funksiyasi paydo bo‘ldi, yangi antispam-tizim ishlab chiqildi hamda joriy etildi, “Microsoft Office” hujjatlari bilan ishlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Yaqinda Runetning ikkita eng yirik messenjerlari – “Mail.Ru Agent” va “ICQ” bitta platformaga birlashdi. Mac OS, Android va iOS operatsion tizimlari uchun mo‘ljallangan “Mail.Ru Agent” dasturi ishlab chiqildi.
Kompaniya hozirda 40 dan ortiq media-loyihalarni ishga tushirgan. Portalning umumiy auditoriyasi oyiga 75,6 million kishini tashkil qiladi.
 
Manba: infoman.uz
Share