Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Windows XP endi eng mashhur operatsion tizim emas

Windows XP endi eng mashhur operatsion tizim emas

Microsoft korporatsiyasi tomonidan 2001-yilda ishlab chiqilgan Windows XP operatsion tizimi dunyodagi eng ko‘p ishlatiladigan operatsion tizim maqomidan ajraldi. Endi ushbu nomga uning zamonaviyroq versiyasi – Windows 7 sazovor bo‘ldi. “StatCounter” tadqiqot kompaniyasi tomonidan tuzilgan grafikka ko‘ra, XP jahon bozorida hozirda 38,66 foiz ulushga ega bo‘lsa, Windows 7 esa – 40,21 foiz.

Microsoft softver-gigantining yana bir operatsion tizimi – Windows Vista 2011-yilning yanvar oyida 15,1 foiz ulushga ega bo‘lgan bo‘lsa, oktabr oyiga kelib bu ko‘rsatkich 11,17 foizga teng bo‘lib qoldi.
O‘tgan to‘qqiz oy davomida Apple kompaniyasining Mac OS X operatsion tizimining bozordagi ulushi 1 foizga ko‘tarildi – 7,29 foiz. Aksincha, Linux operatsion tizimining ulushi esa atigi 0,82 foizni tashkil qilmoqda.

Manba: infoman.uz

Share