Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



2012-yil boshlariga arzonlashtirilgan iPad chiqishi mumkin

2012-yil boshlariga arzonlashtirilgan iPad chiqishi mumkin

Apple korporatsiyasi ham o‘zining iPad planshet kompyuterining tejamkor, arzonlashtirilgan versiyasini chiqarib, arzon planshet kompyuterlar ishlab chiqaruvchilar bilan raqobat qilmoqchiga o‘xshaydi. Internetda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, kompaniyaning yangi mahsuloti 2012-yilning birinchi choragida sotuvga chiqarilishi mumkin.
“CNet” internet-nashrining yozishicha, Apple yaqin oylar ichida “iPad mini” deb nomlangan planshet kompyuterni namoyish qiladi va uning narxi 250-300 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, iPad 2 planshet kompyuterining eng arzon versiyasi 499 dollar turadi.
Ba’zi mish-mishlarga ko‘ra, yangi planshet kompyuter 7 dyumlik ekranga ega bo‘ladi. Agar shunday bo‘lib chiqadigan bo‘lsa, u shubhasiz Amazon kompaniyasining yaqinda namoyish qilgan “Kindle Fire” planshetiga raqobatchi bo‘lishi tayin. “Kindle Fire” planshetining narxi AQShda atigi 199 dollar qilib belgilandi.
Biroq, Apple kompaniyasining asoschisi va uning sobiq rahbari Stiv Jobs 7 dyumlik planshet kompyuter chiqarishga butunlay qarshi bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, planshet kompyuterlar uchun 10 dyumlik ekran eng ma’qul variant hisoblanadi.
Apple kompaniyasi shu paytgacha biror marta o‘z mahsulotining tejamkor, arzonlashtirilgan versiyasini ishlab chiqarmagan. Balkim, Stiv Jobs olamdan o‘tganidan so‘ng, kompaniya o‘z strategiyasini boshqa yo‘nalishga o‘zgartirishi ham mumkindir. Buni esa albatta vaqt ko‘rsatadi.
 
Manba: infoman.uz
Share