Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Yangi robot Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha odamzod rekordini zabt etdi

Yangi robot Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha odamzod rekordini zabt etdi

“Lego” konstruktoridan yasalgan “CubeStormer II” roboti mashhur Rubik kubigini 5,35 soniyada yig‘ib, bu boradagi odamzod rekordini yangiladi, deya xabar beradi “Gizmodo” texnoblogi. “CubeStormer II” robotining natijasi avstraliyalik rekordchi – Feliks Zemdegsning natijasidan 0,31 soniyaga yaxshiroq bo‘ldi xolos.

“Melbourne Winter Open” musobaqalari chog‘ida Zemdegs 3x3x3 shaklidagi Rubik kubigini 5,66 soniyada yig‘ib, bu borada yangi rekord o‘rnatgan edi.

Robot-rekordchini britaniyalik muhandislar – Mayk Dobson (Mike Dobson) va Devid Gildey (David Gilday) yasashgan. Buning uchun ularga “Lego Mindstorms” konstruktorlar to‘plamidan to‘rtta kerak bo‘ldi. Robot “Samsung Galaxy S II” smartfoni orqali boshqariladi. Smartfon orqa kamera orqali kubikni “ko‘radi” va uni yig‘ish uchun yechimni aniqlaydi hamda bu haqdagi buyruqni robotga yuboradi.

Muhandislar ushbu robotni shu yilning 26-27 – oktabr kunlari Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tadigan “TechCon” ko‘rgazmasida namoyish qilishni rejalashtirishgan.

Dobson va Gildey bundan oldin ham Rubik kubigini yig‘ish uchun “CubeStormer” robotini yaratishgan edi. Ushbu robot kubikni 12 soniyada yig‘gan.

Ma’lumot o‘rnida:

“Rubik kubigi” deya tanilgan boshqotirmani ilk marta 1974-yilda vengriyalik arxitektor Erno Rubik taklif qilgan. Ushbu kubikni tezlik bilan yig‘ish san’ati “spidkubing” (inglizcha, “speedcubing”) deb nomlanadi. Har yili dunyoda spidkubing bo‘yicha bir necha musobaqalar o‘tkaziladi.

Tomosha qiling:

Dim lights Embed Embed this video on your site

 

Manba: infoman.uz

Share