Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Internetga Yer sharining eng batafsil topografik xaritasi qo‘yildi

Internetga Yer sharining eng batafsil topografik xaritasi qo‘yildi

AQShning NASA (National Aeronautics and Space Administration) aerokosmik agentligi mutaxassislari yaponiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda Yer sharining bugungi kundagi eng batafsil topografik xaritasini tayyorlashga muvaffaq bo‘lishdi va uni Internetda e’lon qilishdi.
Yangi xarita uchun tasvirlar “Terra” deb atalgan kosmik apparat yordamida olingan bo‘lib, ushbu apparatga yaponiyaliklar tomonidan ishlab chiqilgan “ASTRA” radiometri o‘rnatilgan, deya yozadi “Mashable” texnoblogi. O‘tgan ikki yil mobaynida sun’iy yo‘ldosh 260 000 juft yangi stereo-tasvirlarni yerga yuborgan. Xarita yerdagi quruqlikning 99 foizini qoplagan.
2009-yilda e’lon qilingan “super xarita”ning oldingi versiyasiga qaraganda ushbu yangi xaritada ham gorizontal bo‘yicha, ham vertikal bo‘yicha aniqlik darajasi yaxshilangan. Suv havzalari sirtining yanada realistik tasviri berilgan. Aytgancha, yangi xaritada diametri 1 kilometrdan oshadigan barcha suv havzalari haqidagi ma’lumot mavjud.
Ushbu xarita topografik ma’lumotlarga qiziquvchilar uchun, yo‘l qurilishi, foydali qazilmalarni izlash yoki alohida qo‘riqlanadigan hududlarni kuzatishda ancha qo‘l kelishi tabiiydir. Bundan tashqari, u global ekologik o‘zgarishlarni kuzatuvchilar uchun yaxshigina yordamchiga aylanadi.
 
manba: infoman.uz
Share