Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Adobe kompaniyasi “Flash Player”ning mobil versiyasidan voz kechmoqchi

Adobe kompaniyasi “Flash Player”ning mobil versiyasidan voz kechmoqchi

Adobe kompaniyasi o‘ziga tegishli “Flash Player” multimedia pleyerining mobil versiyasini chiqarishni to‘xtatadi, deya xabar beradi “ZDNet” internet-nashri. Adobe endilikda ushbu pleyerning Android va PlayBook qurilmalari uchun chiqarilgan versiyalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, biroq yangi mobil operatsion tizimlar yoki mobil brauzerlar uchun uning versiyasi chiqmaydi.

Buning o‘rniga kompaniya o‘zining “Adobe AIR” platformasida ishlovchi ilova-dasturlarni rivojlantirishga e’tiborini qaratadi. Bundan tashqari, u HTML5 texnologiyasini rivojlantirishda ham ishtirok etadi. Ma’lum bo‘lishicha, Adobe kompaniyasi “Flash Player”ning kompyuterlar uchun mo‘ljallangan versiyasini takomillashtirishda davom etadi. “Flash Player” deyarli barcha yirik mobil platformalarida ishlaydi, faqat iOS operatsion tizimidan tashqari. Apple kompaniyasining sobiq rahbari Stiv Jobs bir necha bora Flash-texnologiyasini tanqid qilib chiqqan. Uning ta’kidlashicha, mazkur texnologiya mobil quilmalar uchun munosib emas.

Manba: infoman.uz

Share