Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



“MWC 2012” ko‘rgazmasidan: “ASUS”dan yangi “Padfone” yoxud uchtasi birda “MWC 2012” ko‘rgazmasidan: “ASUS”dan yangi “Padfone” yoxud uchtasi birda

  “MWC 2012” ko‘rgazmasidan: “ASUS”dan yangi “Padfone” yoxud uchtasi birda “MWC 2012” ko‘rgazmasidan: “ASUS”dan yangi “Padfone” yoxud uchtasi birda

Barselona shahrida o‘tayotgan hamda mobil dunyosining eng olamshumul voqeasi sanalgan “Mobile World Congress 2012” (“MWC 2012”) xalqaro ko‘rgazmasining ochilish kunida Tayvanning “ASUS” kompaniyasi “ASUS Padfone” deb nomlangan antiqa smartfonni namoyish qildi. Uning noyobligi shundaki, smartfonni “ASUS Padfone Station” deb nomlangan dok-stansiyaga joylashtiradigan bo‘lsak,

u shundayligicha 10,1 dyumlik planshet kompyuterga aylanadi. Bundan tashqari, ushbu planshet kompyuter uchun “ASUS Station Dock” deb nomlangan maxsus klaviatura ham chiqarilgan bo‘lib, uning yordamida planshet kompyuterni netbukka ham aylantirish mumkin.

“ASUS Padfone”, “ASUS Padfone Station” va “ASUS Station Dock”

Foto: “ASUS”

Eslatib o‘tamiz, “ASUS”ning bundan oldingi planshet kompyuteri – “ASUS Transformer Prime”ga ham yuqoridagi klaviaturani ulab, uni netbukka aylantirish mumkin edi.

“ASUS Padfone” smartfoni

Foto: “ASUS”

“ASUS Padfone” smartfoning asosiy xarakteristikalari:

  • Operatsion tizim: “Android 4.0 Ice Cream Sandwich”;
  • 1,5 Ggs chastotali, ikki yadroli “Qualcomm Snapdragon S4 8260A” protsessori
  • 1 gigabayt operativ xotira;
  • 16/32/64 gigabayt ichki flesh-xotira;
  • Ichki xotirani kengaytirish uchun microSD va microSDHC-kartalari tushadi;
  • 4,3 dyumlik multisensorli Super AMOLED-ekran, 960 x 540 rezolutsiyali qHD-displey
  • Videoqo‘ng‘iroqlar uchun old tomonda VGA-kamera;
  • Orqa tomonda avtofokusli va yuqori sifatli videolarni olish uchun 8 megapiksellik kamera;
  • Wi-Fi va “Bluetooth 4.0” simsiz aloqa texnologiyalari;
  • WCDMA (900/2100 MGs) va EDGE/GPRS/GSM (850/900/1800/1900 MGs) standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi;
  • Integrallashgan GPS-navigator;
  • “Micro USB 2.0” interfeysi;
  • 1 520 megaamper/soat akkumulyator, 2G/3G aloqa uchun 650/510 daqiqaga yetadi;
  • O‘lchamlari – 128 x 65,4 x 9,2 mm;
  • Vazni – 129 gramm.

“ASUS Padfone Station” dok-stansiyasi

Foto: “ASUS”

“ASUS Padfone Station” dok-stansiyasining o‘ziga ham 6 600 megaamper/soatlik batareya tushib, bu planshet kompyuterga qo‘shimcha quvvat beradi. Apparat aprel oyidan sotuvga chiqariladi.

“ASUS Padfone” uchun stilus-qalam

Foto: “ASUS”

Ha, yana bir narsa – “ASUS Padfone” uchun stilus-qalam ham chiqarilgan bo‘lib, ko‘rinishidan “ASUS” bitta original mahsulotda bir nechta funksiyalarni birlashtirishni reja qilgan ko‘rinadi.

URL: http://infoman.uz/2012/02/mwc-asus-padfone/

Share