Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



“Angry Birds Space” – mashhur o‘yinning uzoq kutilgan mavsumi

“Angry Birds Space” – mashhur o‘yinning uzoq kutilgan mavsumi

“Angry Birds Space” – mashhur o‘yinning uzoq kutilgan mavsumi  22-mart kuni, “Rovio Entertainment” kompaniyasi smartfonlar va planshet kompyuterlar o‘zining mashhur “Angry Birds” oilasiga kiruvchi o‘yinlaridan navbatdagisini – “Angry Birds Space” mavsumini foydalanuvchilar ixtiyoriga havola qildi.

 

O‘yinning yangi versiyasi 60 bosqichdan iborat bo‘lib, voqealar fazoda kechadi. Shu sababdan o‘yinda “jahldor qushlarning” uchishiga gravitatsiya tortish kuchining yo‘qligi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Aynan shu xususiyati yangi o‘yinning qanchalik innovatsion ekanligini ham belgilab beradi.

O‘yinning asosiy qahramonlarida ham ba’zi o‘zgarishlar bor – klassik qushlar endi biroz o‘zgacha ko‘rinishda. Ikkita yangi qahramon – muz bo‘lakchasi shaklidagi qush (Ice Cube Bird) va superqahramon – Lazer qushi. O‘yinning klassik musiqasiga ham ozroq o‘zgartirishlar kiritilgan.

“Angry Birds Space” o‘yinidan lavhalar

 

“Angry Birds Space” o‘yini “iPhone va iPod touch” (0,99$), “iPad” (2,99$), va “Android” (bepul) qurilmalari uchun ko‘chirib olishga tayyor.

Bundan tashqari, uning Mac-versiyasi (3,99$) ham chiqarilgan bo‘lib, PC-versiyasini esa “Angry Birds”ning rasmiy saytidan ko‘chirib olish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida:

“Angry Birds” – smartfonlar uchun eng mashhur o‘yinlardan biri. U ilk marta 2009-yil dekabr oyida iOS platformasi uchun chiqarilgan bo‘lib, Android-versiyasi 2010-yil oktabrda paydo bo‘lgan. O‘yinning turli mavsumlari umumiy hisobda shu paytgacha jami 700 million marta ko‘chirib olingan.

Keyinchalik, “Angry Birds”ning Palm, Nokia, Symbian, Windows Phone 7, PlayStation 3 va PSP, Mac OS X va Maemo platformalari uchun versiyalari ham chiqarilgan. 2012-yilning 14-fevralida esa Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ham paydo bo‘ldi. O‘yinning maqsadi – qushlarni rogatkadan otib, barcha cho‘chqachalarni urib tushirish va iloji boricha maksimal ball yig‘ish.

Manba: http://infoman.uz/2012/03/angry-birds-space-download/

Share