Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Tishlangan olma

m-apple-3Tishlangan olma
Dunyoda shunday kompaniyalar borki, ular nafaqat mutaxassislar orasida balki, bir qator foydalanuvchilar orasida ham juda mashhurdir. Lekin ko`pgina taniqli kompaniyalarning  esda qolarli, ma`lum tarixga ega ramzi yoq.
Apple kompaniyasining ramzi bejizdan dunyoning eng mashhur ramzlari qatoriga kiritilmagan va o`z navbatida uning bir necha yillar davomida saqlab kelayotgan mavqeining asosiy sababi ham-ramzidir.
Azal-azaldan ramzlar nafaqat oddiy va esda qolarli bo`lishi, balki  har bir foydalanuvchi uni qog`ozga tushira olarli darajada sodda bo`lishi zarur degan qoida mavjud. Misol tariqasida ,biz Mersedes, Volkswagen va Opel kabi avtomobillar ramzlarini keltirishimiz mumkin. Apple kompaniyasining  tishlangan olma tasviri ham eng omadli ramzlar qatoridan joy olgandir.  
Bu ramz kompaniya paydo bo`lgandan ancha keyin o`ylab topilgan. Dastavval, Apple ixtirochilari hammaga ma`lum bo`lgan Nyuton va uning boshiga tushgan olma tasvirini aks ettirmoqchi bo`lishgan. Bu fikr boshida juda ham original deb topilgan. Lekin vaqt o`tishi bilan bu fikr o`zgarib, u foydalanuvchilarning esda qolishi qiyin degan to`xtamga kelindi.

m-apple-1


Kompaniya uchun yangi ko`rinishdagi ramz tasvirini Regis McKenna Advertising Agency reklama agentligi vakili Regis McKenna  ishlab chiqdi.  Qanday qilib  ning hayoliga aynan tishlangan olmani qo`yish fikri kelgan deb o`ylaysiz? Gap shundaki, yuqorida tilga olingan reklama agentligining art-direktori Rob Yanov do`kondan bir nechta olma sotib olib, ularni har xil shaklda kesib, stoli ustida turli ko`rinishlarda joylashtirib ko`radi. Uzoq “tadqiqot” natijasida juda ham oddiy ramz jahon yuzini ko`rdi. Shu o`rinda yana bir savol tug`iladi “nima uchun aynan tishlangan olma?”
Savolni izohlash uchun ikkita asosni ilova qilish mumkin: birinchisi, olmaning tishlangan ko`rinishi uning butun holatidan farqli o`laroq “haqiqiy” tuyuladi va boshqa mevalardan bemalol farqlab olinadi; ikkinchisi: ingliz tilida “tishlamoq” ma`nosini anglatuvchi “bite” so`zidan olingan. Bu asoslardan  tashhqari, bir ruhoniy bu ramzni Odam Ato va Momo Havoning tishlagan olmasi deya e`tirof etgan.
Mish-mishlarga qaraganda, Robning logotipini kutishdan charchagan Djobs   shundoqgina olmadan bir tishlam tishlaydi va shunday deydi: “Agarda Rob hech qanday ramz taklif eta olmasa, mana shu tishlangan olmani asos qilib olsin!” Lekin bu hodisani ramz yaratilishiga hech qanday aloqasi yo`q. Chunki Robning hayoliga bu fikr Djobsdan ancha oldin kelgandi.

m-apple-2


Ilk olma kamalak ranglarini o`zida aks ettirardi. Bu esa Apple kompyuterlarining rangli ishlashini anglatardi. Bu holat o`sha davr  uchun olamshumul yangilik bo`ldi. Vaqt o`tgandan so`ng, kamalak rangi hippilarning ramzi ekanligi aniqlangandan so`ng, Djobs boshqa rangni taklif etishlarini so`raydi. Bundan tashqari, rangli logotipni chop etish o`sha davr uchun juda katta mablag` talab etardi. Ortiqcha xarajatlardan qochish uchun ham tishlangan olmaning yangi qiyofasi ishlab chiqiladi. Eng achinarlisi shundaki, ishlab chiqilgan ramz uchun Rob hatto bir dollar ham olmagan. Uning bu ishiga hech bo`lmaganda minnaddorchilik bilirish  Djobsning hayoliga ham kelmagan.


m-apple-3

 

Muallif: Iroda Ahmedova

Share