Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Samsung dan 8 yadroli protsessor

Samsung dan 8 yadroli protsessor

Samsung smarftonlar uchun 8 yadroli protsessor yaratdi. Ushbu chip 3D-grafikani ikki barobar tezroq qayta ishlash va akkumulyator zaryadini tejash imkonini beradi. “Samsung Electronics” kompaniyasi Las-Vegasdagi Iste'mol elektronikasi ko‘rgazmasi doirasida o‘tgan matbuot anjumanida smartfon

va planshetlar uchun yangi avlod chipini namoyish etdi. Exynos 5 Octa deb nomlangan ushbu protsessordagi yadrolar soni Samsung Galaxy S III ga o‘rnatilgan 4 yadroli Exynos 4 dagiga qaraganda ikki barobar ko‘p. Yangi protsessor “ARM Holdings” kompaniyasi tomonidan 2011 yilda ishlab chiqarilgan ARM big.LITTLE texnologiyasi asosida ishlaydi.

 

Samsung Exynos 5 Octa

Samsung bosh ijrochi direktori Stiven Vu ta'kidlashicha,  Exynos 5 Octa  mobil qurilmalarning samaradorligini butunlay yangi darajaga olib chiqadi – hyech qanday kechikishlarsiz bir nechta murakkab ilovalarni ishga tushirish, ularning biridan-biriga teo‘zlikda o‘tish imkonini beradi. Misol uchun, videopleerda HD-film ko‘rish asnosida darhol brauzerga o‘tib, unda baravariga bir nechta sahifalarda ishlay olish mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida bir nechta og‘ir ilovalarda ishlash akkumulyator zaryadi tez tugashiga olib kelmaydi. Chunki ARM big.LITTLE texnologiyasi, ishlatilayotgan ilovalarning murakkabligiga qarab, vazifalarni energiya iste'moli turlicha bo‘lgan yadrolarga oqilona taqsimlaydi.

Amalda Exynos 5 Octa har biri to‘rtta yadroga ega ikkita protsessordan tashkil topgan. Birinchi protsessor Cortex-A15 («big») arxitekturasi asosida, ikkinchisi – Cortex-A7 («LITTLE») arxitekturasi asosida qurilgan. Birinchi chipning yadrosi murakkabroq vazifalar uchun, ikkinchisiniki esa, soddaroq vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi.

Shu jihatdan, big.LITTLE texnologiyasi Nvidia ning Optimus texnologiyasi ishlashini eslatib yuboradi – murakkabroq vazifalar yuzaga kelgan, noutbukda diskret videoadapter ishga tushadi, bunday vazifalar bo‘lmagan paytlarda esa, quvvati va energiya iste'moli kamroq videokarta “xizmatda” bo‘ladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Exynos 5 Octa dagi birinchi protsessorning takt chastotasi 1,8 GGs,  ikkinchisiniki – 1,2 GGs. Ikkalasi ham yangi 28 nanometrli texnologiya asosida yaratilgan, bu esa hozirgi avlod protsessorlariga nisbatan energiya iste'molini 70 foizga qisqartirish imkonini bergan.

Samsung Exynos 5 Octa o‘rnatilgan yangi qurilmalar bozorga qachon chiqarilishi haqida  kompaniya vakillari xabar bermadilar.

Manba: http://megabyte.uz

Share