Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Google parollarga urush ochdi

Google parollarga urush ochdi

«Google» kompaniyasi xavfsizlik bo`yicha mutaxassislari avtorizatsiya qilishning yangicha usullarini ko`rib chiqmoqdalar. Ularga ko`ra, xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlash uchun odatdagi parollar kamlik qilmoqda. «Google» foydalanuvchilarga parollar o`rniga ulardan ancha qulay va ishonchli bo`lgan shaxsni aniqlash vositalarini taklif etadi, deb xabar berdi cnews.ru sayti.


«Google»ning xavfsizlik bo`yicha vitse-prezidenti Erik Grosse hammuallifligida yozilgan maqolada parollarni yanada ishonchliroq vositalar bilan almashtirish lozimligi aytiladi.
«Ko`plab ekspertlar kabi, bizlar ham hozirgi autentifikatsiya vositalari foydalanuvchilarning xavfsizligini yetarlicha ta’minlay olmay qoldi, deb o`ylaymiz»,- deyiladi shaxsiy ma’lumotlarga kirishning himoyalangan usullari haqidagi maqolada.
Ana shunday usullardan biri shaxsiy kompyuter USB-portiga o`rnatiladigan kriptografik kalit yordamida ulanish sanaladi. Bunday vosita yordamida foydalanuvchi «Google» veb-servislariga parol termay, sichqonchani birgina bosish orqali kirishi mumkin.Ushbu imkoniyatni boshqa dasturlarga ham qo`shish undan foydalanishni osonlashtiradi – foydalanuvchi birgina kalit yordamida bir qancha dasturlarga ulana oladi. Sinov tariqasida “Google” mutaxassislari “Yubico” kompaniyasi mahsulotini tanladilar.
Bu yangi usul joriy qilingach ham, parollardan butunlay voz kechilmaydi. Parollarni, masalan, pochtadagi shaxsiy ma’lumotlarni o`zgartirish uchun qo`llash mumkin. Shu tariqa, qo`shimcha himoya ta’minlangan bo`ladi.

 


«Google» da sinovdan o`tkazilayotgan kriptografik karta

«Google» mutaxassislari ko`plab parollarni yodda saqlab yurish foydalanuchilar uchun muammo bo`lmoqda, degan fikrdalar. Shu sababli ular parollarning muqobil variantini qidirmoqdalar. IT sohasidagi shunday gigant kompaniya bu ishga kirishdimi, demak, bu muammo hal etiladi, deb yozadi «Wired» nashri.
Axborotni himoyalashda ashyoviy vositalardan foydalanish fishing suratidagi qalloblikni yo`qqa chiqaradi. Chunki foydalanuvchi bevosita Internet sahifasiga hech qanday ma`lumot yozmaydi.
«Bunga o`xshash jihozlar yaratishga ko`plab kompaniyalar urinib ko`rganlar,- deyiladi yuqorida qayd etilgan maqolada.- Lekin ularning birortasi iste’mol bozorida aytarli yutuqqa erishgani yo`q».
«Google» yangi kashfiyotini iloji boricha tezroq ommalshtirish niyatida, chunki, keng ko`lamda qo`llanilganidagina bu tashabbus kutilgan natijani beradi, deyishdi kompaniya vakillari.

Share