Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Huawei: eng katta ekranli smartfon

Huawei: eng katta ekranli smartfon

Xitoyning Huawei kompaniyasi Las-Vegas (AQSh)dagi Consumer Electronics Show (CES) 2013 iste'mol elektronikasi ko‘rgazmasida dunyodagi eng katta ekranli smartfonni taqdim etdi. Ascend Mate modeli diagonali 6,1 dyumli displey, 1,5 GGs chastotali 4 yadroli Hi-Silicon protsessori va 4050 mA/soat sig‘imli batareyka bilan jihozlangan.

Bunga qo‘shimcha ravishda, qurilma  Quick Power Control (QPC) va Automated Discontinuous Reception (ADRX) energiya tejash texnologiyalari hamda kontent bilan tezkor almashinuv funksiyalari bilan ta'minlangan.

 

«To‘siqlarni yengib, HUAWEI Ascend Mate foydalanuvchilar uchun dam olish, muloqot va ijodda, ham shaxsiy hayotda, ham kasbiy faoliyatda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi»,- dedi Huawei Consumer Business Group ijrochi direktori Richard Yu. – HUAWEI Ascend Mate – bozorning yetakchisi bo‘lib, bizning yutuqlarimiz va eng zamonaviy texnologiyalarni butun dunyodagi foydalanuvchilar bemalol qo‘llay olishlariga intilishimizni namoyish etadi».

Smartfon old tomonining 73 foizini ekran egallaydi. Bu bozordagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, pochta, hujjatlar bilan ishlash, o‘yin o‘ynash va video ko‘rish uchun maksimal qulaylikni ta'minlaydi. 6,1-dyumdi IPS+ displeyi (1280x720 piksel) tasvirning ajoyib aniqligi va ranglarning taibiiyligini ta'minlaydi, Magic Touch texnologiyasi esa ekranning sezgirligini oshiradi va smartfondan qo‘lqopda ham foydalanish imkonini beradi. Korpus qalinligi  6,5 mm. bo‘lib, qo‘lda ushlashga juda qulay.

QPC va ADRX energiya tejash texnologiyalari, odatiy ishlatish rejimida, smartfonning zardyakasiz 2 kungacha ishlashiga imkon beradi. Jadal zaryadkalanish texnologiyasi esa akkumulyatorning to‘liq zaryad olish muddatini 30 foizga qisqartiradi.

Qurilmaga 8 MP li, avtofokusli va kengaytriilgan diapazonli asosiy kamera hamda 1 MPli old HD-kamera o‘rnatilgan. Shuningdek, smartfon ikki martali shovqinni kamaytirish texnologiyasi, Dolby® sig‘imli ovoz yangrashi tizimi va ovoz yozish uchun stereofonli mikrofon bilan jihozlangan. Smartfon Android 4.1 operatsion tizimi asosida ishlaydi. O‘rnatilgan operatsion tizim imkoniyatlari ichida qo‘shimcha reallik funksiyasiga ega navigatsiya dasturi, lug‘atlar, Vikipediya va Google qidiruv sahifasiga tezkor kirish uchun «smart reading» funksiyasi, shuningdek, fotosuratlar, video va boshqa fayllarni odatdagidan 2-3 marta tezroq yuklash imkonini beruvchi kontent bilan tezkor almashinuv funksiyasi kabilar mavjud.

HUAWEI Ascend Mate ikkita rangda chiqariladi: tim qora va oppoq. Xitoyda 2013 yil fevral oyida sotish boshlanadi.

manba:http://huaweidevice.uz

Share