Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Facebook insonlarni baxtsiz etadi

Facebook insonlarni baxtsiz etadi

Nemis olimlari Facebook o‘z foydalanuvchilarini baxtsiz odamlarga aylantiradi, degan xulosaga keldilar. Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq – Facebook insonlarni baxtsiz etadi, ularni o‘zlariga nisbatan ko‘ngilchan va do‘stlarga nisbatan hasadgo‘y bo‘lishga majbur qiladi. Los Angeles Times nashriga ko‘ra, Gumboldt nomidagi Berlin Universiteti va Darmshtadt Texnika universiteti tadqiqotchilari ana shunday xulosaga kelishgan.

 

 

Tadqiqot davomida 357 nafar kishi, asosan Germaniya talabalari o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi, so‘rovlar natijalarini olimlar «Facebookda hasad: inson baxti uchun u yashirin tahdidmi?» nomli ilmiy ishda keltirdilar. Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida hasad tuyg‘usi do‘stlari yuklagan, sayohat chog‘ida, quvnoq uchrashuvlar va bayramlarda olingan chiroyli fotosuratlarni ko‘rganda paydo bo‘ladi. Foydalanuvchining do‘stlari o‘z fotosuratlari va xabarlariga ko‘plab «layk» olsalar, ularning sahifalarida tabriklar ko‘payib ketsa ham hasad yuzaga keladi. Foydalanuvchilar bularning barini o‘zlarining yutuqlari bilan solishtiradilar va boshqalar ularga qaraganda yaxshiroq va baxtliroq yashamoqda, degan xulosaga keladilar. Natijada ularda tushkunlik kuzatiladi.

Foydalanuvchilar ularning do‘stlari o‘zlariga qaraganda baxtliroq degan xulosaga keladilar

Foydalanuvchilar o‘zlari baxtli sanagan, ijtimoiy tarmoqda faol bo‘lgan insonlar bilan o‘zlarini taqqoslay boshlaydilar va bu ularning passiv foydalanuvchiga aylantiradi – ular asosan boshqalarning suratlari va yozgan xabarlarini kuzatish bilan kifoyalanadilar. Bu esa, ularda hasadning kuchayib, o‘ziga bo‘lgan ishonchning yanada tushib ketishiga olib keladi.

O‘rtacha 24 yoshdagi Facebook foydalanuvchilarining 56,3 foizi tan olishlaricha, ularda hasad hissi do‘stlarining fotosuratlarini tomosha qilishda uyg‘onadi, 14,1 foizi – ularning ijtimoiy tarmoqda faol ekanliklarini ko‘rganda, 4,2 foizi esa – do‘stlarining yaqinlari, qarindosh va do‘stlari bilan qalin munosabatlarini ko‘rganda hasad qiladi. Tadqiqotchilar real hayotda ham hasad ancha keng tarqalganini ta'kidlaydilar – so‘ralganlarning 71,5 foizi oxirgi marta yaqinlariga nisbatan hasad hissini real hayotda tuyganlarini tan olganlar. 21,3 foizida esa, bu salbiy his uyg‘onishiga Facebook sabab bo‘lgan. Facebookda ko‘pchilik asosan o‘zining yaxshi tomondan ko‘rsatishga urinadi. Faqat muvaffaqiyatlarini namoyish etadi. Ba'zilar esa, buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilib, o‘zlarining nuqson va kamchiliklari, muvaffaqiyatsizliklaridan hijolat bo‘ladilar. O‘zlarini noraso sanab, do‘stlariga nisbatan hasad bilan qarashga o‘tadilar.

«Tadqiqot natijalari insonlar Facebookni stress omili sifatida qabul qilishlarini ko‘rsatadi. Vaqt o‘tgach, bu holat Facebook va shu kabi tarmoqlarning barqarorligiga tahdid qilishi mumkin», - deyiladi ilmiy ish xulosasida.

Manba: www.megabayt.uz

Share