Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Apple Vs Samsung: Sud davom etadi

Apple Vs Samsung: Sud davom etadi

Shusiz ham osmon baravar jarimaning yana ham oshishiga yo‘l qo‘yilmadi. “Apple” kompaniyasi patentlarini buzganlikda aybdor deb topilgan “Samsung” o‘ziga nisbatan sud belgilagan jarima miqdorining yana ham oshirilishidan qutulib qoldi. Bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudya Janubiy koreyaliklar “Apple” patentlarini qasddan buzmaganlar, deb topdi. Shu sababli “Apple” o‘tgan yil oxirlarida

maslahatchilari sudi tomonidan belgilangan jarima miqdorini uch barobargacha oshirish imkonidan mahrum bo‘ldi. Shu bilan birga, sudya “Samsung”ning maslahatchilar sudi qarorini bekor qilish va ishni yangidan ko‘rib chiqish haqidagi iltimosiga ham rad javobini berdi. “Apple”ga ham, avvalda “Samsung” aybsiz deb topilgan punktlarni qayta ko‘rib chiqishda rad etildi. bundan tashqari, Janubiy koreyaliklarning “Aplle”ga tegishli to‘rtta dizaynerlik patenti va bitta dasturiy ta'minotga oid patentini bekor qilish haqidagi harakatlari ham puchga chiqdi.

 

“Samsung”ning asosiy iltimosnomalaridan biri – jarima miqdorini kamaytirish haqidagisi hali sudya tomonidan ko‘rib chiqilgani yo‘q. Lekin, jarayonning borishiga qaraganda, “Samsung” 1,05 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi bu jarimani sezilarli kamaytirishga erisha olmaydigan ko‘rinadi. Umuman olganda, deyishadi kuzatuvchilar, sudya “Apple” kompaniyasining deyarli barcha iltimosnomalarini ma'qulladi va “Samsung”ning deyarli barcha iltimoslariga rad javobini berdi. Bu esa, amerikalik kompaniyaning mazkur sud jarayonlaridagi to‘liq g‘alabasini anglatadi. Ikki gigant o‘rtasida bundan boshqa kelishmovchiliklar ham bor. Ular ham aynan patent masalasidadir. Bu ziddiyatlarning sudda ko‘rib chiqilishi 2014 yil mart oyida boshlanadi.

Manba: www.megabayt.uz

Share