Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



LG oq rangli Nexus 4 smartfonining taqdimotini o‘tkazdi

LG oq rangli Nexus 4 smartfonining taqdimotini o‘tkazdi

Agarda siz LG Nexus 4 smartfonini sotib olishni istagan holda uning rangi qora ekanligini o‘ylab ahdingizdan qaytgan bo‘lsangiz, ushbu gadjetning oq ranglisi ham sotuvga chiqqani siz uchun qiziq bo‘lsa kerak. Bu haqda engadget.com sayti xabar bermoqda.
Oq smartfon ham original versiyada bo‘lgani kabi 4,7 dyumli IPS displeyiga ega.

Unga Snapdragon S4 Pro protsessori o‘rnatilgan. Kamera masalasida ham o‘zgarish yo‘q — 8 megapiksel. LG Nexus 4 telefon apparati Android 4.2 boshqaruv tizimida ishlaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 29-maydan boshlab gadjet Gongkongda sotila boshladi. Osiyoning boshqa mamlakatlari, Amerika va Yevropada bir nechta haftadan keyin sotilishi haqida xabarlar bor. Ayni paytda LG Nexus 4 telefoniga aynan qancha narx belgilangani ma’lum emas.

Manba: www.daryo.uz

Share