Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Samsung Note II uchun Asus kompaniyasi ajoyib raqobatchi tayyorladi: FonePad Note

Samsung Note II uchun Asus kompaniyasi ajoyib raqobatchi tayyorladi: FonePad Note

Ko‘pchilik texnologlar qandaydir yangilik yartaganda ko‘ra, boshqalarni kuzatishni ma’qul ko‘radilar. Samsung kompaniyasi iPhone dizayniga “murojaat’ qilgandi. Endi bu ishni Asus ham takrorlayapti. Ularning yangi gadjeti shubhali ravishda Samsung’ning Galaxy Note samrtfonlar seriyasi eslatib yuboryapti.

Asus FonePad Note katta va chiroyli olti dyumli (Full HD, 1920×1080, Super IPS+) displeyga ega va bir paytning o‘zida ham planshet, ham telefon vazifasini bajara oladi. Yangi uskuna Android boshqaruv tizimida ishlaydi. Unga ikki yadroli, Intel Atom Z2560 protsessori o‘rnatilgan. Operativ xotira esa 2 gigabaytni tashkil etadi.

Telefon 3G tizimida ishlaydi. Hali 4G tizimida ishlaydiga ko‘rinishi tayyorlanmadi. Asus FonePad Note’ning qachon sotuvga chiqishi va narxi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Manba: www.daryo.uz

Share