Паролингизни унутдингизми?
Login
Left, Right, Center Left, Center, Right Center, Left, Right



Apple eski iPhone’larni yangisiga almashtirish dasturini joriy qiladi

Apple eski iPhone’larni yangisiga almashtirish dasturini joriy qiladi

Apple kompaniyasi iPhone eski modellarini qo‘shimcha to‘lov evaziga yangisiga almashtirish dasturini ishga tushiradi. Bloomberg nashrining xabar berishicha, ayirboshlash joriy oydayoq boshlanadi. Kompaniyaning rejalari haqida rasman e’lon qilinmagan. Apple ushbu dasturni mobil telefonlar savdosiga ixtisoslashgan Brightstar distribyutorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Bloomberg’ning ta’kidlashicha, Apple shu yo‘l bilan iPhone 5 savdosi darajasini oshirish niyatida.

Shuningdek, kompaniya aksiyalarining tushib ketishini to‘xtatish maqsadi ham ko‘zlangan bo‘lishi mumkin. Mutaxassislarning hisobiga ko‘ra, 2013-yilda amerikalik iste’molchilarning 20 foizi ayirboshlash dasturi orqali smartfonlarni xarid qilishi mumkin (2011-yilda bu ko‘rsatkich 11 foizni tashkil qilgan).
So‘nggi kvartalda Apple 37,4 millionta iPhone smartfonlarini sotgan. 2012-yil bo‘yicha jami 35,1 million dona sotilgan. iPhone 5 2012-yil sentabr oyida sotuvga chiqarilgan.

 

Share